$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat byudjeti defitsiti 11 oyda 31,1 trillion so‘mga qisqardi

pul

Noyabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari o‘sishda davom etib, 27,5 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu esa xarajatlar miqdori 23,6 trillion so‘mni tashkil etganidan 3,9 trillion so‘mga ko‘proq. Shu tariqa, ketma-ket ikkinchi oyda byudjet daromadlari xarajatlardan oshib, ijobiy balansni ta’minlamoqda.

Daromad va xarajatlar

So‘nggi ikki oyda davlat byudjeti daromad va xarajatlari o‘rtasidagi farq ijobiy ko‘rsatkichlarni shakllantirayotgan bo‘lsa-da, 2024 yil davomida yig‘ilgan defisit miqdori hali ham sezilarli – 31,1 trillion so‘mni tashkil etadi. Ammo mazkur ko‘rsatkich, o‘tgan davrlarga nisbatan, qisqarish tendensiyasini ko‘rsatyapti.

Bu holat konsolidatsiyalashgan byudjetning tarkibiy qismlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan transfertlar hisobiga yuz berayotgani ehtimoldan holi emas, deb yozmoqda iqtisodchi Otabek Bakirov.

Xaridlar boyicha elektron do‘konlar yetakchilik qilmoqda

Noyabr oyi davomida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar iqtisodiy faollikni aks ettiradi:

 • Elektron do‘konlar orqali 64 mingdan ortiq xarid amalga oshirilib, ularning umumiy qiymati 838,6 milliard so‘mni tashkil etdi.

 • Eng yaxshi takliflar tanlovi orqali 2,5 trillion so‘mlik xaridlar amalga oshirildi.

 • Tender savdolari 658,3 milliard so‘mlik hajmga ega bo‘ldi.

Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi balansni ta’minlash iqtisodiyot barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Daromadlarning o‘sishi va defisitning qisqarishi davlatning moliyaviy intizomini mustahkamlashda muhim omildir.

Теги :
Iqtisodiyot