$
 12172.18
35.61
 14357.09
38.36
 157.45
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Keskin qaror: Endi Britaniya ham Eronga qarshimi?

baza

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Buyuk Britaniya muhim qaror qabul qildi. Mamlakat bosh vaziri Keir Starmer AQShga Eron raketalariga qarshi mudofaa maqsadida Britaniya harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

Britaniya nima sababdan bunday qarorga keldi? Bu mintaqadagi vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

AQSh Britaniya bazalaridan foydalanadi

Starmerning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron raketalarini saqlash omborlari va uchirish joylariga qarshi mudofaa maqsadida Britaniya bazalaridan foydalanishni so‘ragan. London bu so‘rovni qabul qilgan. Mazkur bazalardan Eron omborlaridagi yoki uchirish qurilmalaridagi raketalarga qarshi zarbalar berishda foydalaniladi. Maqsad — Eronning mintaqa bo‘ylab raketa hujumlarining oldini olish.

Shu bilan birga, Britaniya AQSh va Isroilning Eronga bergan qo‘shma havo zarbalarida qatnashmaganini ta’kidladi. Starmerning aytishicha, London keyingi hujum to‘lqinlarida ham ishtirok etmaydi. U muammoni muzokara yo‘li bilan hal qilish tarafdori ekanini bildirib, Eron yadro quroli yaratishdan voz kechishi kerakligini aytdi.

Britaniya fuqarolari xavfsizligi birinchi o‘rinda

Starmer Eronning mintaqa bo‘ylab bergan zarbalari natijasida, ayrim aeroport va mehmonxonalar zarar ko‘rganini aytdi. Bu joylarda Britaniya fuqarolari bo‘lgan. Shu sabab hukumat ularning xavfsizligini ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi deb bilmoqda.

Britaniya qiruvchi samolyotlari allaqachon mudofaa operatsiyalarida qatnashib, ayrim Eron zarbalarini to‘xtatgan. Biroq Starmerning fikricha, tahdidni butunlay yo‘q qilish uchun raketalarni saqlanayotgan joyida yo‘q qilish kerak. Uning aytishicha, bu qaror xalqaro huquq asosida, ittifoqchilarni va Britaniya fuqarolarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

Теги :
Jamiyat