$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston terma jamoalari BRIKS o‘yinlarida ishtirok etgani uchun Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan sanksiyalarga uchrashi mumkin

BRIKS

O‘zbekistonning turli sport turlari bo‘yicha terma jamoalari BRIKS o‘yinlaridagi ishtiroki sababli Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) tomonidan bosimga uchragan, deb xabar beradi Sport Express nashri.

"BRIKS yoki Olimpiada"

Xususan, bir nechta sport turlari bo‘yicha milliy federatsiyalarimiz XOQdan BRIKS o‘yinlaridan avval, unda ishtirok etish oqibatlari to‘g‘risida sanksiyalar bilan tahdid qiluvchi xatlar oladi. Xat mazmuniga ko‘ra, sportchilarga "BRIKS yoki Olimpiada" o‘yinlarida ishtirok etish tanlovi qo‘yilgan.

BRIKS o‘yinlari

Yana bir boshqa manbaning ta’kidlashicha, shunga o‘xshash xatlar boshqa terma jamoalarga ham yuborilgan. Ma’lumot uchun, BRIKS o‘yinlari Qozon va Moskva shaharlarida 12—24-iyun kunlari sportning 27 turi bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda. Hozirda musobaqada 54 davlatdan sportchilar ishtirok etishmoqda.