$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Nufuzli xalqaro brend mutaxassislari uchun yig‘imlar bekor qilinadi

brend

2025-yil 22-yanvarda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 30-sonli qaroriga ko‘ra, iqtisodiyotni rivojlantirish va xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan bir qator o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar tasdiqlandi. Ushbu qaror milliy brendlarni yaratish va maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni ta’minlashni maqsad qilgan.

Maxsus iqtisodiy zonalar uchun yangi tartib

Qarorga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar elektron onlayn auksionlar orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yuridik shaxslarni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanish tartibi joriy qilinadi.

Xalqaro mutaxassislar uchun yig‘imlar bekor qilindi

O‘zbekistonga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brendlar texnologlari, dizaynerlari va marketologlarini jalb qilishda yig‘im undirilmaydi. Bu chora xorijiy mutaxassislarni mamlakatga jalb qilishni osonlashtiradi.

Milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni olish tartibi soddalashtiriladi.

Теги :
Jamiyat