$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent bozorlarida “ob-havo” qanday?

bozor

O‘zbekiston bozorlaridagi mahsulotlarning narxidagi o‘zgarishlar o‘rganildi. Pomidor, bodring kabi mavsumiy mahsulotlarning narxi tushgan.

Oziq-ovqat narxlari monitoring

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2024-yil iyun oyida Toshkent supermarketlaridagi 21 mahsulotning narxlari o‘rganilib, tahlil qilindi. Unga ko‘ra, 16 ta mahsulotning narxi may oyiga nisbatan arzonlashgan.

Pastlagan mahsulotlar

Quyidagi mahsulotlarning narxlari ko‘rsatilgani kabi pastlagan:

Karam – 59,4 foiz;

pomidor – 51,7 foiz;

bodring – 51,7 foiz;

sariq piyoz – 29,7 foiz; 

margarin – 25 foiz; 

makaron – 23,8 foiz; 

tovuq tuxumi – 21,7 foiz; 

guruch – 16,6 foiz; 

bug‘doy uni – 15,8 foiz;

lavlagi – 15,5 foiz; 

limon – 15 foiz; 

mol go‘shti (fileta) – 12,3 foiz; 

grechka – 11,2 foiz .

Narxi o‘zgarmagan mahsulotlar

2-may va 13-iyun kunlari o‘tkazilgan ushbu monitoring natijalariga ko‘ra, tovuq go‘shti(file) va sutning narxi o‘zgarishsiz qolgan. Shuningdek, kartoshkaning narxi ko‘tarilgan bo‘lib, bunga sabab qilib vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning o‘zgarishlari ko‘rsatilmoqda.

Теги :
Jamiyat