$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Toshkentdagi bozorlarda kunlik ijara narxlari oshirilmoqda

bozor

Toshkentdagi bozorlarda kunlik bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovlari (patta) narxlari 30 foizgacha oshdi. Bu borada Toshkent shahar hokimining qarorida e’lon qilindi.

Kunlik ijara narxlari

Qarorga muvofiq:

ho‘l va quruq meva narxlari — 15 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha;

sabzavotlar narxi — 11 000 dan 34 000 so‘mgacha;

don mahsulotlari narxi —24 000 so’m;

sut mahsulotlari narxi — 18 000 so’m;

ziravor va dorivorlar — 29 000 so’m;

go‘sht mahsulotlari uchun patta narxi esa 42 000 so‘mgacha yetdi.

Belgilangan o‘lchamdan ortiq joy egallansa ortiqcha joy haqi undiriladi

Shuningdek, qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari savdosida bir savdo o‘rni (joy)ning o‘lchami 1–1,2 pogon metr etib belgilangan. Agar ushbu o‘lchamdan ortiq joy egallansa, qo‘shimcha maydon uchun har bir savdo o‘rni bo‘yicha belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi.

Turli mahsulotlar aralash holda sotilganda esa, to‘lov sotilayotgan mahsulotlar orasida belgilangan eng yuqori stavka asosida hisoblanadi.