$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Xivada savdo faoliyatidan so‘ng chiqindixonaga aylanayotgan bozor ma'muriyati chora ko‘rildi

bozor

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatlarda ekologiyani yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish hamda oʻrmon xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanishni ta'minlashga doir o‘rganishlar olib borilmoqda. Unga muvofiq, Xiva shahrida joylashgan Dehqon bozori hududida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash va noqonuniy chiqindixona tashkil etish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Bozor ma’muriyati Sanitar korxonadan 5 mln. so‘m miqdorida qarzdor

Ma’lum qilinishicha, “Xiva shahri Dehqon bozori” AJ ma'muriyati tomonidan bozor hududida chiqindi to‘plash maydonchasi va maxsus chiqindi qutilari o‘rnatilmagani kuzatildi. 

Ushbu holat yuzasidan mansabdor shaxs bozor AJ rahbari D.M. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK. ning 91¹-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Sud organlariga yuborildi.

Shuningdek, ushbu dehqon bozori hududi “Eko klaster” MChJ sanitar korxonasiga biriktirilgan bo‘lib, bozor ma’muriyati va ular o‘rtasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma mavjudligi, biroq ma’muriyat MCHJdan 5 mln. so‘m miqdorida qarzdor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bozor ma'muriyati rahbari esa bu qarzdorlik bartaraf etilishini ta’kidladi va bozor hududida chiqindi qutilari o‘rnatildi.

Noqonuniy chiqindi tashlash bilan bog‘liq qanday javobgarlik bor?

Tekshiruvda Xiva shahri Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan bozorda faoliyat olib borayotgan sotuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 787-son qaroriga  ko‘ra qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus chiqindi qutilarining majburiy ravishda o‘rnatilishi lozimligi bo‘yicha tushuntirish berildi.

Maʼlumot uchun, poligonlarga joylashtirilishi kerak bo‘lgan maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash mansabdor shaxslar uchun BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (7 mln 500 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi. Ushbu holat bir yil davomida qayta sodir etilsa, BHMning 30-50 baravari miqdorida jarima belgilanadi.