$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim bo‘lmoqda – Viktor Maxmudov

Viktor Mahmudov

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, tashqi kuchlar Markaziy Osiyo davlatlarining milliy manfaatlarini hisobga olmagan holda tanlov qilishga majburlashmoqda. 

Ekspoforumda xavfsizlik masalalari

Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudov Sankt-Peterburgdagi Ekspoforumda xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishida tashqi kuchlar "Markaziy Osiyo davlatlarini milliy manfaatlarini hisobga olmagan holda tanlov qilishga harakat qilayotganini" ta’kidladi.

Xavfsizlik kengashi kotibi bayonoti

"O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasiga tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraydi va mintaqada tinchlik, xavfsizlik va ishonch o‘rnatish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Afsuski, bugungi kunda mintaqa davlatlari o‘zlarining milliy manfaatlarini hisobga olmagan holda Markaziy Osiyo davlatlari oldiga tanlov qo‘yishga urinayotgan tashqi kuchlarning bosimini boshdan kechirishda davom etmoqda", dedi u.