$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonda 6–23 oylik bolalarning qariyb 11,1 foizi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelmoqda

bola

O‘zbekistonda 6–23 oylik bolalarning qariyb 11,1 foizi oziq-ovqat tanqisligi muammosiga duch kelmoqda. Bu haqda Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti ma’lum qildi. (https://t.me/isi_uzb/58)

Sabab nima?

Buning sababi ular sakkizta oziq-ovqat guruhidan faqat ikkitasini iste’mol qiladi. Ushbu mahsulotlarga ko‘krak suti, don mahsulotlari, ildizmevala rezavorlar va tropik mevalar, dukkakli o‘simliklar, yong‘oqlar va urug‘lar, sut mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari (jumladan parranda va baliq), tuxum, A vitaminiga boy meva va sabzavotlar kiradi.

Natijada, bolalar bo‘yiga nisbatan juda ozg‘in yoki bo‘yi yoshiga nisbatan past bo‘lib qolmoqda. Uch yoki to‘rt guruhga mansub mahsulotlarni iste’mol qilgan bolalar esa o‘rtacha darajada ta’minlangan hisoblanadi.

5 yoshgacha bo‘lgan 6,5 foiz bolaning bo‘yi yoshiga nisbatan past

O‘zbekistonda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning oziqlanishi va rivojlanishi bo‘yicha Unicef, JSST hamda Jahon banki tomonidan 2023-yilda olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalarning bo‘yi, vazni bo‘yicha rivojlanishi dunyo miqyosida, xususan Markaziy osiyodagi davlatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yaxshi, ammo rivojlangan mamlakatlardan yomonroq.

Respublikada 5 yoshgacha bo‘lgan 6,5 foiz bolaning bo‘yi yoshiga nisbatan past, 2,4 foizi bo‘yiga nisbatan juda ozg‘in, 4,5 foiz bolalar ortiqcha vaznga ega.

Nima qilish kerak?

Homilador ayollar, emizikli onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar kabi ma’lum guruhlar uchun qo‘shimcha oziqlanish dasturlarini joriy qilish – bu uzoq muddatli iqtisodiy sarmoya hisoblanadi. Bunday dasturlarni amalga oshirishni ijtimoiy kartalar orqali zarur oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish yoki mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lum guruhlarga yetkazib berish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.

Теги :
Jamiyat