$
 12895.55
15.2
 14338.56
-196.91
 159.38
2.7
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda bolalar bo‘yiga nisbatan juda ozg‘in yoki bo‘yi yoshiga nisbatan past

Bolalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekistonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning oziqlanish va rivojlanish tahlilini e’lon qildi. Unda bolalarning salomatligi va rivojlanishi uchun ota-onalarning mas’uliyatini yanada kuchaytirish muhimligi aytilgan.

Ayrim bolalar oziq-ovqat tanqisligiga duch kelmoqda

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda 6-23 oy bolalarning qariyb 11,1 foizi oziq-ovqat tanqisligi muammosiga duch kelmoqda.

Buning sababi ular sakkizta oziq-ovqat guruhidan faqat ikkitasini iste’mol qiladi. Natijada, bolalar bo‘yiga nisbatan juda ozg‘in yoki bo‘yi yoshiga nisbatan past bo‘lib qolmoqda.

O‘rtacha darajada ta’minlangan bolalar

Qayd etilishicha, uch yoki to‘rt guruhga mansub mahsulotlarni iste’mol qilgan bolalar o‘rtacha darajada ta’minlangan hisoblanadi.

Oziq-ovqat yetishmovchiligi bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bu ularning kelajakdagi salomatligi hamda hayot sifatiga zarar yetkazishi mumkin.

Psixologik zo‘ravonlik

Bolaning asosiy ehtiyojlarini qondirmaslik ham psixologik zo‘ravonlikning bir qismi sifatida qaraladi, chunki bunda bola nafaqat jismoniy jihatdan zarar ko‘radi, balki hissiy va ruhiy rivojlanishda ham ortda qoladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa berilishicha, homilador ayollar, emizikli onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar kabi ma’lum guruhlar uchun qo‘shimcha oziqlanish dasturlarini joriy qilish – bu uzoq muddatli iqtisodiy sarmoya hisoblanadi.

Bunday dasturlarni amalga oshirishni ijtimoiy kartalar orqali zarur oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish yoki mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lum guruhlarga yetkazib berish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.

Tavsiya qilingan mahsulotlar

Agentlik tomonidan tayyorlangan videoda YUNISEFning tavsiyalari eslatib o‘tilgan bo‘lib, sog‘lom o‘sish va rivojlanish uchun bolalar 8 ta guruhga kiruvchi mahsulotlarning kamida 5 tasini iste’mol qilishi lozim:

1. Ko‘krak suti

2. Don mahsulotlari, ildiz mevalilar, rezavorlar, tropik mevalar

3. Dukkaklilar, yong‘oq va urug‘lar

4. Sut mahsulotlari

5. Go‘sht mahsulotlari (jumladan, parranda va baliq)

6. Tuxum

7. A vitaminiga boy meva va sabzavotlar

8. Boshqa meva va sabzavotlar

Теги :
Jamiyat