$
 12591.57
91.56
 14545.78
74.52
 153.82
1.86
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezident adminstratsiyasida qanday tayinlovlar amalga oshirildi?

Prezident Adminstratsiyasi

30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident administratsiyasida yana bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Adminstratsiya tarkibidagi o‘zgarishlar

Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Galina Karimovna Saidova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;

Abdusalam Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Rustam Tuychiyevich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi;

Javlon Abdujalolovich Vaxabov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlandi;

Baxodir Xamidovich Tashmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Prezident administratsiyasi departamentlaridagi o‘zgarishlar

Kamoliddin Mardonov PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA agrar sohada ishlab chiqarish, daromadlarni ko‘paytirish hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Ulug‘bek Xanayev PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — bosh yuriskonsult lavozimidan ozod etildi.

Eldor Hamroyev PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qilish sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Aziz Azimov PA Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shu’basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.

Sergey Gordeyev PA Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA ichki ishlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Gulruxsor Xatamova PA Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Farrux Omonov PA Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Rustam Mirzayev PA Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati kompleks axborot-targ‘ibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Fatxiddin Muxiddinov PA Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xusniddin Xashimov PA Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot ta’minoti shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

O‘lug‘bek Normatov PA Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘’basi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi.

Ulug‘bek Xusainov Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan PA Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Oybek Umarov PA ishlar boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA Moliya-xo‘jalik departamenti xo‘jalik faoliyati shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Теги :
Jamiyat
Siyosat