$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish belgilanmoqda

selektr

Ayni paytda president boshchiligida bo‘lib o‘tayotgan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha selektr majlisida ma’lum qilinishicha, yangilangan bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish belgilanmoqda.

Tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratib beriladi

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda mamlakatimizda 5 mingdan ziyod ishchisi bor, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan, kamida 100 milliard so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘ldi.

Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.

Bunday tadbirkorlarga yer va binoni to‘g‘ridan to‘g‘ri berish, davlat korxonalarini ham uzoq muddatga boshqaruvga topshirish, harbiy sanoat, dronlar ishlab chiqarish, IT va sun’iy intellektni keng rivojlantirishda ular bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligi qayd etildi.

Dunyodagi 10 ta eng boy kompaniyaning 7 tasi IT va fintex sohalaridan chiqqan. IT, fintex, innovatsiyalar, telekommunikatsiya kabi sohalarni xususiy korxonalar tez rivojlantirishi, yaratilgan sharoit tufayli qiymati 1 milliard dollardan oshgan “TBC Uzbekistan” va “Uzum” xususiy kompaniyalari paydo bo‘lgani bunga yaqqol misol ekani ta’kidlandi.

Bunday kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.

Amaldagi bojxona kodeksi Jahon savdo tashkiloti tadbirkorlarning talabiga mos emas

Xususan, ularga rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) uchun laboratoriya jihozlari, texnologik uskunalarni bojsiz olib kelishga ruxsat beriladi.

IT, fintex, tadbirkorlikni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlarini tashkil qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oxirgi 3 yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.