$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
icci

Rossiyalik deputatlar migrantlardan pul o‘tkazmalari uchun boj olishni rejalashtirmoqda

Dollar

Rossiya Sotsialistik Partiyasi rahbari Sergey Mironov va deputatlar migrantlarning pul o‘tkazmalari uchun boj joriy etishni taklif qildi. Mironovning Telegramdagi sahifasida qayd etilishicha, deputatlar tegishli taklif bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlaydi va parlamentning quyi palatasiga kiritadi. 

 3 foizlik boj

Partiya yetakchisiga ko‘ra, migrantlarning pul o‘tkazmalariga davlat bojini joriy etish lozim. Agar 3 foizlik boj joriy etilsa, g‘azna faqatgina ikki mamlakatga — Qirg‘iziston va O‘zbekistonga — o‘tkazmalardan 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ oladi. “Nahotki bizga shunday pul kerak bo‘lmasa?! Qonunchilik tashabbusini tayyorlab, Davlat Dumasiga kiritamiz”, degan u. 

Migrantlar Rossiyadan katta miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketmoqda

Mironov o‘tgan yil yakunlaridan kelib chiqib, Rossiyadagi Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘z vataniga 14 milliard dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazganini aytadi. “Migrantlarning aksariyati esa Rossiyada hech qanday soliq to‘lamaydi, ayni paytda ular mamlakatdan katta miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketmoqda. 2021-yilda hukumatda pul o‘tkazmalari uchun qo‘shimcha komissiya masalasi muhokama qilingan edi, lekin Moliya vazirligi bu ishni cho‘zib yubordi”, — deydi Mironov.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot