$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bloger Farg‘onada ko‘cha bo‘ylab pul sochdi

money rain

Kundan-kunga ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati jamiyat hayotida oshib bormoqda. Tarmoq foydalanuvchilari orasida esa mashhurlikka, to‘g‘rirog‘i, mashhur maynavozchiliklarning yangi yo‘llariga qo‘l urayotganlar kuzatilyapti. Ammo bloger ko‘ngli tusagan ishni qilishi mumkin degani emas.

2-marta jazolangan bloger

Farg‘ona viloyatida qilgan huquqbuzarligi tufayli javobgarlikka tortilganiga qaramay, xulosa chiqarmagan bloger, yana katta ko‘chada “tomosha” ko‘rsatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda omma e’tiborimi qozonish maqsadida ko‘ngliga kelgan ishni qilayotgan blogerlar qonunbuzarliklarni ham sodir etishmoqda.

Skuterda ko‘chaga pul sochgan bloger

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham blogerlardan biri yo‘lning qatnov qismida yaxshigina tomosha ko‘rsatgan va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan, bu esa tarmoq foydalanuvchilarining turli noroziliklarini yuzaga keltirdi.

U Qo‘qon shahrida elektroskuterni reklama qilish maqsadida, katta ko‘chada skuterni boshqargan holatda ko‘chaga pul sochgan, bu esa yo‘l qoidalarini qo‘pol tarzda buzishdir.

Yana pushaymonlik va va’dalar

U bundan oldinroq, 2-yanvar kuni shu kabi video ishlagan va javobgarlikka tortilgan edi. O‘z "shou"sidan pushaymonligini bildirgan va buni qayta takrorlamasligini ta’kidlagan.

Qonuniy jazo

Yo‘lning qatnov qismida "tomosha" ko‘rsatgan blogerga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan chora ko‘rildi.