$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sudlar tomonidan joriy yilning 9 oyida 15,1 mlrd so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal qilingan

biznes

Joriy yilning 9 oyida sudlar tomonidan joriy yilning 15,1 mlrd so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal qilingan. Biznes ombudsman tomonidan tadbirkorlar huquqlarini cheklovchi tashkilotlarga 1836 ta ta’sir chorasi ko‘rilgan.

Tadbirkor huquqlari himoyada

Ma’lum qiolinishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida qonunbuzilishi holatlari yuzasidan biznes ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, biznes ombudsman 9 oy davomida 1836 ta ta’sir chorasi ko‘rgan. Shundan 47 ta da’vo arizasi va shikoyat, 38 ta taqdimnoma, 24 ta xulosa, 6 ta ogohnoma va 1721 ta ma’muriy chora qo‘llanilgan.

Sudlar tomonidan to‘qqiz oy davomida jami 15,1 mlrd so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan.

“Agar faoliyatingizda turli to‘siqlarga uchrayotgan bo‘lsangiz, Biznes-ombudsmanga 1100 qisqa raqami, Tadbirkorlar virtual ofisi yoki info@biznesvakil.uz elektron manzili orqali murojaat yo‘llang” deyilmoqda xabarda.

Biznes Ombudsman tarafidan QQS summasi o‘rnini qoplash osonlashishi haqida ma’lumot berilgan

Shuningdek, Biznes ombudsman endilikda eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi o‘rnini qoplash ancha osonlashishi haqida ma’lum qilgandi.

Jumladan:

Soliq to‘lovchilardan tovarlarning eksport qilinganini tasdiqlovchi bojxona hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish talab qilinmaydi.

Bojxona organlari tomonidan elektron tarzda taqdim etilgan ma’lumotlar eksportni tasdiqlash uchun yetarli hisoblanadi.

Yangi tartib joriy farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrdagi QQS qoplash uchun berilgan arizalarga ham tatbiq etilishi belgilangan edi.