$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O'zbekiston valyuta birjasi savdolari 548,41 trln. so‘mni tashkil etdi

Valyuta birjasi

2024-yil dastlabki olti oyida bozorlarimizdagi savdolarning umumiy hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 10,70 foizga o‘sib, 548,41 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu birja ishtirokchilarining faolligi oshganidan dalolat beradi. Bugungi kunda O‘zRVB a’zolari tarkibiga 36 ta bank va 6 ta brokerlik kompaniyasi kiradi.

Bozorlarining umumiy savdo hajmi

O‘zRVB bozorlarining umumiy savdo hajmidagi ulushi quyidagicha:

 pul bozori — 55,46 foiz;

 valyuta bozori — 39,71 foiz;

 qarz bozori — 4.83 foiz.

Trillionlar tarixi va yutuqlar

 2024 yil yanvar-iyun oylarida pul bozoridagi savdolarning umumiy hajmi 304,16 trln. so‘mni tashkil etib, 2023 yilgi mos ko‘rsatkichiga nisbatan 28,03%ga oshdi. Bundan tashqari, banklararo depozit bozorida 141,77 trln. so‘m miqdorida bitimlar tuzilgan. Bir haftadan ortiq muddatga tuzilgan bitimlar hajmi 14,38 trln. so‘m yoki umumiy hajmning 10,15 foizini tashkil etdi.

Valyuta bozori

Hisobot davrida valyuta bozoridagi savdolarning umumiy hajmi 217,78 trln. so‘mni tashkil etdi. Valyuta bozori O‘zRVBning asosiy segmentlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bozorda USD-UZS, EUR-UZS, RUB-UZS va CNY-UZS valyuta juftliklarida savdolar tashkil etilgan. 2024-yilning ikkinchi yarmida instrumentlar qatorini kengaytirish hamda texnologik infratuzilmani yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.