$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

AI-80 markali avtobenzinni sotuvga chiqarmasdan o‘zida saqlab turgan AYOQShlarga chora ko‘rildi

ai

Navbatlarga sabab bo‘layotgan AI-80-markali avtobenzinni sotuvga chiqarmasdan o‘zida saqlab turgan AYOQShlarga chora ko‘rildi.

Avtobenzin hech qanday sababsiz sotilmay saqlangan

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda hududlarda AI-80-markali avtobenzinga talab oshishi natijasida ko‘plab AYOQShlarda navbatlar ko‘paygan holatlarga duch kelinmoqda.

Mazkur holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYOQShlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

AYOQShlarning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi

Andijon viloyatidagi “N.P.”, “N. O.”, “L.G.”, “S.O.” va “Sh.A.O.” MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida birja savdolarida xarid qilingan AI-80-markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turish hamda faoliyat ko‘rsatmayotgan shaxobchalarga yo‘naltirish kabi holatlar aniqlandi.

Yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.