$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

"BBC history" O‘zbekiston haqida yozdi

bbc

Italyan tilidagi jurnalda O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbek mualliflari "Italiya"da

"BBC History" jurnalining italyancha nashrining yangi sonida, "O‘zbekistonliklarning ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi" deb nomlangan sarlavha ostidagi maqola chop etildi. Ushbu maqolani siyosiy va tarix fanlari doktori, professor Saidxon Saidolimov va siyosiy fanlar doktori, professor Kozimxon Sagdullayev birgalikda yozishgan.

Maqola mazmuni

Ushbu maqolada urushda o‘zbeklarning qahramonliklari, 6 million aholidan 2 millioni bevosita urushga borgani,urush boshlangan dastlabki kunlardan yosh-u qari birday jalb qilingani haqida yozilgan. Undan tashqari Sobir Rahimov, Abdulla Qurbonov, Tojiali Bobayev, Abdusamat Taymetov kabi urush qahramonlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. "Buyuk G‘alabaga butun o‘zbek xalqining ishtiroki muhim o‘rin tutgan. Ularning maqomi ham frontdagi askarlarniki bilan tengdir", - deya yozadi mualliflar.

Bugungi hayot ham eslab o‘tilgan 

Qo‘shimcha ravishda, bugungi O‘zbekistonining rivojlanib borayotgan ekanligi, ko‘plab mamlakatlar, jumladan Italiya bilan aloqalari, ikki davlat o‘rtasida 2023-yilda imzolangan Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya ham eslangan.

Теги :
Жамият