$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Munosabat: “Yunusoboddagi 288-maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga o‘z xohishi bilan qatnashgan”

obodonlashtirish majburiy mehnat

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 9-noyabr kuni ertalab soat 9:00 da Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 288-maktab o‘qituvchilari maktab hovlisida ishlashga majbur qilinganiga doir xabarlar tarqalgan edi.

Bayonot

Mazkur xabar yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy bayonot berdi. Boshqarma vakillarining ma’lum qilishicha, 288-sonli maktab o‘qituvchilari va texnik xodimlari o‘z xohishlariga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etgan.

Anonim tarzda e’lon qilingan xabar o‘z tasdig‘ini topmadi

“Tadbir doirasida mavsumiy gul va turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, maktab hovlisi, ariqlar xazonlardan tozalangan. Hech bir pedagog-xodim mazkur xayrli ishni amalga oshirishga majburlanmaganligini bildiramiz”, – deyiladi Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tushuntirishida.

Boshqarma ijtimoiy tarmoqlarda anonim tarzda e’lon qilingan xabar o‘z tasdig‘ini topmaganini bildirdi.