$
 12591.71
-84.4
 14821.70
-153.86
 160.18
-1.38
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Baydenning “o‘yindan” ketishidan Kamala Harrisgacha

Jo Biden

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden 21-iyul kuni prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini e’lon qildi. Shundan so‘ng Demokratik partiyadan nomzodlikka asosiy da’vogar sifatida vitse-prezident Kamala Harris chiqdi. Bu esa o‘z navbatida dunyo yetakchilarining reaksiyalariga sabab bo‘ldi.

Baydening yana to‘rt yil davomida xizmat qilishi haqidagi shubhalar uzoq vaqtdan beri mavjud edi

Nega amaldagi prezident va shu kungacha Demokratik partiyaning raqobatbardosh yagona nomzodi bellashuvni tark etishga majbur bo‘ldi? BBC nashri o‘z nabvatida, Jo Bayden yo‘l qo‘ygan muvaffaqiyatsizliklar xronologiyasini taqdim etdi.

81 yoshli Baydenning prezidentlik poygasida g‘alaba qozonishi va yana to‘rt yil davomida xizmat qilishi haqidagi shubhalar uzoq vaqtdan beri mavjud edi, ammo iyun oyining oxirida bu fikrlar demokratlar orasida cheksiz xavotirlarga yo‘l ochdi.

Baydening saylovoldi muvaffaqiyatsizliklar xronologiyasi

AQSH prezidentining saylovda qatnashishdan voz kechish qarorini tezlashtirgan so‘nggi haftalarning asosiy voqealar ketma-ketligi quyidagicha:

27-iyun: CNN telekanalida Jo Bayden va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘rtasida debat bo‘lib o‘tdi. Bayden tarafdorlari uning noizchil va noaniq javoblaridan hafsalasi pir bo‘ldi, ko‘pchilik uning sog‘lig‘iga shubha bilan qaray boshladi.

28-iyun: Bayden Shimoliy Karolinadagi saylovoldi nutqi bilan paydo bo‘lgan shubhalarni bostirishiga umid qilgan holda, shunday dedi:

“Men endi avvalgidek ravon nutqqa ega emasman, debatlarda avvalgidek yaxshi bahslasha olmayman. Lekin haqiqatni qanday gapirishni bilaman”.

Biroq, prezidentga o‘zini oqlash hech qanday foyda keltirmadi.

2-iyul: Kongressmen Lloyd Doggett Baydenni iste’foga chiqishga ochiqchasiga chaqirgan Demokratik partiyaning birinchi vakili bo‘ldi va tez orada unga boshqalar qo‘shildi.

5-iyul: ABC muxbiri Jorj Stefanopulosga bergan intervyusida Bayden jiddiy kasallik yoki “Qodir Xudo” uni iste’foga chiqishga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi. Ammo uning xatoli nutqi va kognitiv testdan bosh tortishi a’zo partiyasidagi xavotirni faqatgina kuchaytirdi xolos.

8-iyul: Demokratik partiyada uning nomzodi bo‘yicha allaqachon ichki kelishmovchiliklar boshlandi. Shunga qaramay, Bayden Morning Joe yangiliklar shousida: “Men hech qayerga ketmayman” deb ma’lum qildi. Demokratlarga esa birdamlikka chaqiruvchi uzundan uzoq maktub yuboradi.

10-iyul: Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi Morning Joe’da “prezident o‘z nomzodini qo‘yish yoki qo‘ymaslik bo‘yicha bir qarorga kelishi lozim”, ekanini aytdi. Tegishli bayonot bu masala hal qilinmaganidan darak beradi. Mashhur aktyor va Baydenning tarafdori Jorj Kluni esa o‘z maqolasida uni iste’foga chiqishga chaqirdi, Piter Uelch esa prezident iste’fosini talab qilgan birinchi demokrat senatorga aylandi.

11-iyul: Bayden Vashingtondagi NATO sammiti nutqi davomida xotirjam ko‘rinishiga qaramasdan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “prezident Putin” va o‘zining vitse-prezidenti Kamala Harrisni esa “Tramp” deb atadi.

13-iyul: Amerika va butun dunyoning diqqati Baydendan, muvaffaqiyatsiz suiqasddan omon qolgan raqibi Donald Trampga qaratildi. Qonga belangan Trampning mushtini ko‘tarib, tarafdorlarini kurashga chorlayotgan suratlari butun dunyo OAVning birinchi sahifalarida o‘rin egalladi.

17-iyul: Bayden koronavirus bilan kasallanib, barcha saylovoldi tadbirlari va uchrashuvlarini bekor qildi. Top demokrat Adam Shiff prezidentni “o‘z lavozimini topshirishga” chaqirdi. Boshqa qonunchilar ham bu tendensiyani qo‘llab-quvvatladi. Ular Bayden iste’foga chiqmasa, nafaqat prezidentlik, balki Kongressning ikkala palatasini ham boy berib qo‘yishidan xavotirda edi.

18-iyul: Bayden intervyu davomida Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ismini unutib qo‘ygani haqidagi video tarqaldi. Kongress rahbarlarining “prezident bellashuvdan chiqib ketishi eng to‘g‘ri qaror” degan fikrlari yashin tezligida tarqaldi.

Demokratlar orasida yuksak hurmat qozongan sobiq prezident Barak Obama ko‘p sonli skeptiklarning umumiy fikriga qo‘shilib, Baydenning g‘alaba qozonish imkoniyati past ekanini aytdi. Hafta oxirida esa Baydenning kurashdan chiqib ketishi haqidagi dastlabki taxminlar paydo bo‘ldi.

19-iyul: Bayden kelgusi hafta saylovoldi tashviqotiga qaytishini e’lon qildi. Uni saylovdan voz kechishga chaqirgan demokratlar soni 30 taga yetdi. Baydenning saylovoldi kampaniyasi homiylari millionlab dollarlik xayriyalarini muzlatib, olovga moy sepdi. Milliarder Ilon Mask har oyda Trampning saylovoldi kampaniyasiga taxminan 45 million dollar xayriya qilishga va’da berdi.

20-iyul: Donald Tramp demokratlarni masxara qilib ular o‘z nomzodlari haqida hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini ta’kidladi.

21-iyul: Jo Bayden prezidentlikka da’vogarlikdan voz kechish haqida bayonot berdi. O‘z maktubida u, ayniqsa, Demokratik partiyadan nomzodlikka asosiy da’vogar sifatida chiqayotgan vitse-prezident Kamala Harrisga alohida minnatdorlik bildirdi va uni saylovlarda qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Baydenning qaroriga AQSh va dunyodagi reaksiyalar

AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasida ishtirok etishdan bosh tortishi va endi bor e’tiborini muddatining qolgan qismidagi prezidentlik majburiyatlarini bajarishga qaratishini e’lon qilishi turlicha reaksiyalarni keltirib chiqardi. Kun.uz nashri ham ushbu reaksiyalarni jamladi.

Donald Tramp – AQSh prezidentligiga nomzod

Aldoqchi Jo Bayden prezidentlik lavozimiga nomzod bo‘lishga yaramasdi, lavozimga esa aniq loyiq emasdi — va hech qachon loyiq ham bo‘lmagan! U prezidentlik lavozimiga o‘z yerto‘lasidan chiqmagan holda faqat yolg‘on va soxta xabarlar bilan ega chiqqan. Uning atrofidagilarning barchasi, jumladan shifokori va media xodimlari u prezident bo‘lishga qodir emasligini bilishardi va u amalda ham qodir bo‘la olmadi. Endi u mamlakatimiz bilan nimalar qilganiga bir qarang. Millionlab kishilar chegaralarimizni butunlay nazoratsiz va tekshirilmasdan kesib o‘tishmoqda, ulardan ko‘pchiligi qamoqxonalardan, jinnixonalardan chiqqan, rekord miqdorda terrorchilar kirib kelmoqda. Biz uning prezidentligidan qattiq aziyat chekdik, ammo biz juda tez fursatda u yetkazgan zararni qoplaymiz. Amerikani yana buyuk qilamiz!

Kamala Harris – AQSh vitse-prezidenti

Prezidentdan qo‘llov olish men uchun katta sharaf va men munosib bo‘lish va bu nominatsiyani yutib olish niyatidaman. Saylovgacha 107 kun qoldi. Biz birgalikda kurashamiz. Va birgalikda g‘olib chiqamiz. Ushbu fidokorona va vatanparvarlik harakati bilan prezident Bayden butun faoliyati davomida qilib kelgan ishni yana bir bor takrorladi: Amerika xalqi va mamlakatimizni hammasidan ustun qo‘ydi. U favqulodda yutuqlari bilan zamonaviy Amerika tarixida tengsiz bo‘lib, ikki muddat ishlagan ko‘plab prezidentlar merosidan ham ustunroq. Men Donald Trampni yengish uchun Demokratik partiya va millatimizni birlashtirish yo‘lida qo‘limdan kelganini qilaman.

Vladimir Zelenskiy – Ukraina prezidenti

So‘nggi yillarda ko‘plab kuchli qarorlar qabul qilindi, ular prezident Baydenning qiyin davrlarga javoban dadil qadamlari sifatida esda qoladi. Va biz uning bugungi qiyin, ammo kuchli qarorini hurmat qilamiz. Biz doimo prezident Baydenning rahbarligidan minnatdormiz. U tarixdagi eng dramatik pallalarda bizning mamlakatni qo‘llab, bizga mamlaktimiz Putin tomonidan okkupatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikda va bu qo‘rqinchli urush davomida yordam ko‘rsatdi. Ukraina va butun Yevropadagi hozirgi vaziyat hamon qiyinligicha qolmoqda va biz kelgusida ham Amerikaning kuchli rahbariyati Rossiya yovuzligi muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilishda davom etishiga umid qilamiz.

Naomi Bayden – Jo Baydenning nabirasi

Bugun men mamlakatimizga sidqidildan xizmat qilgan buvam, prezidentimiz Jo Bayden bilan shunchaki faxrlanaman. U nafaqat biz ko‘rgan eng samarali prezident bo‘ldi, balki o‘zini mamlakatimiz tarixidagi eng effektiv va ta’sirli davlat arbobi sifatida namoyon etdi. U tom ma’noda mamlakatimiz va dunyo 50 yil davomida to‘qnash kelgan har bir muhim muammo markazida turdi va ularga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Uning sharofati bilan dunyo bugun ko‘p jihatdan yaxshiroq.

Barak Obama – AQShning sobiq prezidenti

Jo Bayden Amerikaning eng nufuzli prezidentlaridan biri, shuningdek mening qadrdon do‘stim va hamkorim. Bugun bizga yana bir bor u oliy toifadagi vatanparvar ekanini eslatdi. Keyingi kunlarda biz hali o‘rganilmagan suvlarda sayohat qilamiz. Ammo men partiyamiz yetakchilari jarayonni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olishiga va natijada ajoyib nomzod paydo bo‘lishiga ishonaman. Men ishonamanki, Jo Baydenning hamma uchun imkoniyatlar yaratiladigan saxiy, gullab-yashnagan va yakdil Amerika haqidagi qarashlari Demokratik partiyaning avgust oyidagi qurultoyida to‘la namoyon bo‘ladi.

Edgars Rinkevichs – Latviya prezidenti

Siyosat hech qachon bunday qiziqarli bo‘lmagan.

Kichik Robert Kennedi – AQSh prezidentligiga mustaqil nomzod

Men Baydenning qarorini qo‘llab-quvvatlayman. Men Demokratik partiyani demokratiyaga bo‘lgan sodiqligiga qaytishga hamda buni ochiq jarayon orqali namoyish etishga chaqiraman. Demokratik partiyaning Milliy qo‘mitasi elitasi tomonidan tanlangan nomzodni ilgari surish o‘rniga, partiya Donald Trampni mag‘lub eta oladigan nomzodni aniqlash uchun betaraf so‘rovlardan foydalanishi kerak. Keyin delegatlar ushbu ma’lumotlar asosida nomzodni tanlashi lozim. Agar ular avvalboshdan shunday qilishganida, men Demokratik partiyadan chiqishimga to‘g‘ri kelmasdi.

Теги :
Jamiyat