$
 12128.02
29.9
 14419.00
65.79
 158.52
-0.12
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zga sayyoraliklarning Yerga qo‘nishi, III jahon urushi: Vanga 2026-yilda nimalar bo‘lishini bashorat qilgandi?

vanga

So‘nggi paytlarda Vanganing nomi yana ko‘p tilga olinmoqda. Ayrimlar uning oldingi bashoratlari ro‘yobga chiqqanini aytsa, boshqalar esa buni shunchaki tasodif deb hisoblaydi. Uning 2026-yilga oid bashoratlari yana internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Xo‘sh, joriy yilda dunyoni nimalar kutmoqda?

2026-yilda sodir bo‘ladigan dahshatli voqealar

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vanga hayotining so‘nggi yillarida kelajakda juda katta voqealar bo‘lishini aytib ketgan.

O‘zga sayyoraliklar bilan uchrashuv

Vanga 2026-yil noyabrida insoniyat ilk bor o‘zga sayyoraliklar bilan aloqaga chiqishini aytgan. Unga ko‘ra, katta kosmik kema Yer atmosferasiga kirib keladi va Yerda allaqachon bo‘lib turgan noma’lum sivilizatsiya odamlar bilan bog‘lanishi mumkin.

Tabiiy ofatlar

Vanga 2026-yilda kuchli tabiiy ofatlar bo‘lishini ham bashorat qilgan. Qayerda sodir bo‘lishi aniq aytilmagan, ammo zilzilalar va vulqonlar otilishi bir vaqtda yuz berib, Yerning ayrim hududlariga jiddiy zarar yetkazishi aytilgan.

Global mojarolar

Eng qo‘rqinchli taxminlardan biri — 2026-yilda yirik tartibsizliklar va hatto Uchinchi jahon urushi boshlanishi haqidagi bashoratdir. Unga ko‘ra, urushda yetakchi davlatlar ishtirok etadi va mojaro bir nechta qit’aga yoyilib, siyosiy beqarorlikni kuchaytiradi. Ayrim talqinlarda Xitoy Tayvanni egallashi va Rossiya bilan AQSh o‘rtasida ochiq qarama-qarshilik bo‘lishi ham tilga olinadi.

Moliyaviy inqiroz

Bu ziddiyatlar ortidan global moliyaviy inqiroz kelib chiqishi mumkinligi ham aytiladi. Vanga 2026-yilda bozorlar qulashini, inflyatsiya oshishini yoki ayrim valyutalar inqirozga uchrashini bashorat qilgan, deyishadi.

Sun’iy intellekt davri

Shu bilan birga, Vanga faqat qo‘rqinchli voqealarni emas, balki ijobiy o‘zgarishlarni ham ko‘rgan degan fikrlar bor. Masalan, tibbiyotda katta yutuqlar, saraton kasalligini erta aniqlash, sun’iy intellektning rivoji va hatto kelajakda kosmosdan energiya olish imkoniyati haqida aytgan deb hikoya qilinadi.

Rossiyada hokimiyat almashuvi

Yana bir bahsli bashoratda 2026-yilda Rossiyada yangi yetakchi hokimiyatga kelishi aytiladi. Bu esa Vladimir Putin davrining yakunlanishi va Ukraina atrofidagi vaziyat qanday o‘zgarishi mumkinligi haqida savollarni keltirib chiqarmoqda. Ayrim manbalarda bu shaxs “usta” yoki dunyo siyosatini o‘zgartiradigan kuchli yetakchi sifatida tasvirlanadi.

Bashoratmi yoki mish-mish?

Vanga hech qachon bashoratlarini yozib qoldirmagan. Vanga haqidagi barcha gaplar uning qarindoshlari va izdoshlarining so‘zlariga tayanadi. Shu sabab mutaxassislar bu bashoratlarning ko‘pi keyinchalik bo‘rttirilgan yoki noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lishi mumkinligini aytadi. Shunga qaramay, 2026-yilga oid bashoratlar internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda. 

Теги :
Jamiyat