$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxtdagi ko‘p qavatli binolar sotuvi davom etadi

Bank

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli binolar sotuvi davom ettirilmoqda. Toshkent International mehmonxonasidan so‘ng, endilikda “Tashkent City”dagi uchta yirik bank binosi ham sotuvga qo‘yildi. 

Umumiy ma'lumotlar

“KPMG” kompaniyasi ushbu binolarning savdo jarayonlariga konsultant etib belgilangan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Asakabank” AJ, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va AT “Aloqabank”ga tegishli yangi ko‘p qavatli binolar ommaviy savdolar orqali sotilishini e’lon qilgan. Sotuvga qo‘yilgan bu uch bino “premium toifadagi bank ofis binolari” hisoblanib, jami 339 million dollarga baholangan.

"Toshkent City"da qurilgan binolar sotiladi

Unga ko'ra, "O‘zsanoatqurilishbank" (82,28 ming kv.m, 33 qavat), "Asakabank" (66,2 ming kv. m, 26 qavat) va "Aloqabank"ning (81,44 ming kv. m, 26 qavat) "Toshkent Citiy"da qurgan binolari sotilar ekan . Hujjatlarda bu ofis binolari qurilishi uchun banklar o‘z yonidan 137, 102, 100 mln. dollar pul sarflagani ko‘rsatilgan.

Savollar mavjud ammo...

Albatta, nima uchun banklarga bino qurdirib, keyin sotilyapti degan savolni bermay iloj yo‘q. 2022 va 2023 - yil oxirigacha xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan "O‘zsanoatqurilishbank" va "Asakabank" hali ham davlatniki bo‘lib qolayotgani, xususiylashtirish bir necha bor ortga surilgani va kelajakda ham yana ortga surilishi mumkinligi, "O‘zsanoatqurilishbank" yana bitta 21 qavatli bino qurayotgani ham e’tiborga molik.