$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Bu - nosog‘lom bank faoliyati – Bakiroo

Banklar

Poytaxtdagi Tashkent City biznes markazi hududidagi “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB), “Asakabank” va “Aloqabank”ning yangi ko‘p qavatli binolari sotuvga qo‘yilganligi haqida xabar bergan edik. Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov mazkur xabar yuzasidan o‘z telegram sahifasida munosabat bildirdi.

Savdo jarayoni tashkil qilishda nimalarga e’tibor beriladi?

KPMG savdo jarayonini tashkil qilish bo‘yicha konsultant sifatida jalb qilingan.

DABA sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda tijorat banklari (aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Birinchi bosqichda konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olishga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganiladi.

Sotuv mehanizmini ishlab chiqish

Xabarga ko‘ra, bozordagi ushbu biznes markazlarini sotib olishga bo‘lgan qiziqishni o‘rganish KPMG tomonidan aktivlar to‘g‘risida tayyorlangan investitsion tizerlarni sohadagi investorlarga, shu jumladan, xalqaro investorlarga yuborish va ular bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Investorlarning mazkur biznes markazlarini sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek, sotib olish shakli, ya’ni binoni to‘liq sotib olish yoki lotlarga bo‘lgan holda sotib olish bo‘yicha fikrlarini o‘rganish orqali sotishga yondashuv mexanizmi ishlab chiqiladi.

Banklarning hajmi

“O‘zsanoatqurilishbank” umumiy maydoni 82,28 ming kvadrat metr bo‘lgan 33 qavatli binoga ega, “Asakabank"da — 66,2 ming kvadrat metr maydonga ega 26 qavatli bino, “Aloqabank"da — 81,44 ming kvadrat metr maydonga ega 26 qavatli bino mavjud.

Amaldorlar qo‘lidagi o‘yinchoqqa aylangan davlat banklarining vazifasi bino qurib sotishmi?

Bu haqdagi xabarlar chiqqanidan keyin iqtisodchi bloger Otabek Bakirov ushbu sarlavha ostida telegram sahifasiga post joyladi.

Uning fikricha, Bank aksiyadorlari, kengashi va boshqaruvi binolar nima uchun qurildi va bitay deganda nima uchun sotilayapti, bu jarayonning iqtisodiy, moliyaviy manfaati va afzalligi nimadan iborat bo‘ldi, degan savolga javob bera olmasligi aniq.

Bu savollarga Markaziy bank aniqlik kiritishi kerak

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, bu savolga hech bo‘lmasa, Markaziy bank aniqlik kiritishi kerak. Chunki bino qurib sotish banklarning vazifasi emas, nosog‘lom bank faoliyati hisoblanadi. Markaziy bankning regulyator sifatida qilishi kerak bo‘lgan ishlarning biri aynan banklarni kreditor, depozitor va omonatchilar manfaaatlariga xavf soladigan operatsiyalardan tiyishdan iborat. Bu yana shuning uchun ham muhimki, amaldorlarning tor manfaatlari uchun o‘yinchoqqa aylantirilgan, sanalgan uchta davlat banki bino qurib sotishni yana davom ettirishmoqchi. Gap o‘tgan oyda ovoza qilingan yaltiroq rejalar bilan cheklanmaydi, bu uchovlon bank xabarlarga ko‘ra, yangi Toshkentda yana yangi bino qurish topshiriqlarini olgan.

“Yana bir savol shuki, nega uchovlon qurilgan binolarni Davaktiv orqali sotishmoqchi? Axir “xususiylashtirish otalari” qimmat sotish dizayni bilan emas, arzonlashtirib, tekinga sotish sxemalari bilan mashhurku? Mana Xalq banki eski binosini o‘zi sota oldi? Nega Davaktiv va uning sevimli konsultantini yollash kerak? Yo maqsad avvaldan tayinlangan “investorlar”ga binolarni topshirishmi?” – degan savollar qo‘ydi u o‘z blogida.

Binolar kredit hisobiga qurilgan

Har uchchala bino Xitoy banklarining va banklar konsorsiumining juda qimmat kreditlari hisobiga bunyod etilgan, xitoylik pudratchilar tomonidan o‘zbekistonliklarni aralashtirmay qurilgan. Har bir bino uchun olingan kreditlar 100 mln. dollardan 140 mln. dollargacha. To‘langan foizlar, komissiyalar, loyihalarning tayyorlash qiymati bilan binolarning tannarxi 26 qavatlisiniki 150 mln. dollardan, 33 qavatlisi 200 mln.dollargacha oshgan bo‘lishi tabiiy.

Ma’lumot uchun, sotuvga qo‘yilgan bu uch bino “premium toifadagi bank ofis binolari” hisoblanib, jami 339 million dollarga baholangan.