$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda bir qator bank rahbarlari ishdan ketishi kutilmoqda

Markaziy bank

Telegramdagi Platforma blogida ma’lum qilingan axborotga ko‘ra, Mahallabay ishlash tizimini tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar sababli bank boshqaruvchilariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi kutilmoqda. Jumladan, bir necha banklarning boshqaruvchilari, viloyat boshliqlari lavozimidan ozod etilishi mumkin.

Ishdan olinishi kutilgan bank boshqaruvchilari

Ma’lumotda qayd etilishicha, ishdan olinishi kutilgan bank boshqaruvchilarining soni banklar kesimida quyidagicha taqsimlanadi:

“Xalq banki” – 7 nafar

“Agrobank” – 7 nafar

“Mikrokreditbank” – 7 nafar

“Aloqabank”– 6 nafar

“O‘zmilliybank” – 4 nafar

“Biznesni rivojlantirish banki” – 4 nafar

“O‘zsanoatqurilishbank” – 3 nafar

“Turonbank” – 2 nafar

“Asakabank” – 1 nafar

Toshkent, Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridagi boshqaruvchilarga ko‘riladigan choralar

Yuqorida nomi keltirilganlardan tashqari, yana bir qator bank rahbarlari uchun ham chora ko‘rilishi kutilmoqda. Jumladan, Markaziy bankning Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda. Shuningdek, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari bosh boshqarmalari rahbarlariga hayfsan e’lon qilinishi ham mumkin. Qayd etilishicha, bu choralar mahallabay ishlash tizimidagi mas’uliyatsizlik va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ayni shu manbaning ma’lum qilishicha, Qurbonov Alisher Samadovich “Aloqabank” boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatilgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot