$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘tgan yilda YTTB O‘zbekistonga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritgan

bank

2024-yilda YETTB O‘zbekistonga rekord miqdorda – 938 million yevro (960 million dollar) sarmoya kiritib, 34 ta loyihani amalga oshirishda ishtirok etgan.

Boshqa moliyalashtirish tashkilotlaridan 383 million yevro mablag‘ olingan

Ma’lum qilinishicha, YETTB investitsiyalarining 55 foizi yashil iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Boshqa moliyalashtirish tashkilotlaridan olingan 383 million yevro mablag‘lar bilan birgalikda, bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga 1,3 milliard yevrodan ortiq mablag‘ni jalb qilishga yordam bergan.

YETTB tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy loyihalar

Toshkent viloyatida 200 MWt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi va 501 MWt quvvatga ega energiya saqlash tizimini qurish uchun 226 million dollar;

Navoiy viloyatida 230 kilometr uzunlikdagi yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurish uchun 66,4 million dollar;

“O‘zkimyosanoat” va ACWA Power tomonidan amalga oshirilayotgan Chirchiq shahridagi “yashil” vodorod ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish uchun 65 million dollar;

Xorazm viloyatida transport magistralini tiklash va Amudaryo orqali ko‘prik qurishga 238 million dollar.

Shuning bilan birga, YETTB O‘zbekiston moliya sektoriga 300 million yevrodan ortiq kreditlar ajratgan.