$
 12979.13
-10.87
 13513.87
-56.78
 131.22
-0.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Bank nazorati qo‘mitasida o‘tgan yilning dekabr oyida o‘ttizdan ortiq masala ko‘rib chiqildi

taftish

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi o‘tgan yilning dekabr oyidagi yig‘ilishlarida (6 marta) 37 ta masalani ko‘rib chiqdi va tegishli qarorlar qabul qildi.

1 ta lombardning faoliyati tugatilgan

Ma’lum bo‘lishicha, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 27 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (7 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (7 ta), tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (7 ta) kabi masalalar ko‘rildi.

Shuningdek, Bank nazorati qo‘mitasining tegishli qarorlari bilan “NUR LOMBARD” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi tomonidan lombard faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi sababli lombardlar reyestridan chiqarildi.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi hamda tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari ham muhokama qilindi.

12 ta muassasa tegishli tartibda ogohlantirilgan

Xususan, tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga, shuningdek, valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya qilmaganligi uchun 9 ta bank, 2 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 1 ta bank, 1 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.