$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Biznesni rivojlantirish banki” jarimaga tortildi

biznesni rivojlantirish

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi. Bank reklamasida kreditning muhim shartlari va talablari qayd etilmagan.

Bankning uy bilan bog‘liq shartnomada foiz stavkalarining aniq sharti ko‘rsatilmagan

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan monitoringlarda Toshkent shahrida joylashgan reklama monitorlarida, shuningdek internet platformasida “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB tomonidan taqdim etilgan kreditlar haqidagi ma’lumotlarda qarz shartlari to‘liq va aniq ko‘rsatilmagan. Jumladan, “Biznesga 1,5 milliard, yillik 17,5 foiz” va “Ot 17% godovix, ipoteka na kvartiru v novostroyke” kabi mazmunidagi reklamalarda kreditning muhim shartlari, shu jumladan, foiz stavkalarining aniq sharti, to‘lov muddati va boshqa talablar qayd etilmagan.

ATB ma’muriyati ogohlantirilgan

Mazkur holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATBga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuning bilan birga, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.