$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Raqobat qo‘mitasi “Hamkorbank”ni jarimaga tortdi

Bank

Raqobat qo‘mitasi “Hamkorbank”ATBni onlayn mikroqarz bank xizmati axborotida iste’molchilarni chalg’tuvchi ma’lumot berganligi sababli jarimaga tortdi.

Reklamaning shartlari to‘liq ko‘rsatilmagan

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur bank xizmati reklamasida “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million so‘m - Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan.

Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylashtirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik kiritildi. Jarayonda mikroqarz bank xizmati bo‘yicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan bo‘lib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari ko‘rsatilmagan. Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.

Bank kelgusida xato qilmaslik haqida ogohlantirilgan

Yuqoridagi holatlarga asosan, Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.