$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Yakunlanayotgan yilda umumiy aholining atigi 0.51 foizi ish bilan ta’minlangan

ish bilan

AOKAda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumanida qayd etilishicha, bugungi kunda har bir mahallaning “Ombor” daftari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur daftarga muvofiq, mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha islohotlar amalga oshirilgan. jumladan, oriy yilda 191 ming 366 nafar aholining bandligi ta’minlangan.

2 milliondan ortiq xonadonda qo‘shimcha daromad manbai yaratilgan 

Ma’lum bo‘lishicha, 9 ming 452 ta mahallada 2 ming 329 ta mehnat yarmarkasi tashkil etilgan, 191 ming 366 nafar aholining bandligi ta’minlangan. 276 ming 652 ta xonadon ta’mirlab berilgan, 2 million 826 ta xonadonda qo‘shimcha daromad manbai yaratilgan.  

Hududlarda 856 ming 193 ta kambag‘al oilada 4 million nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning 770,4 ming nafari ishsiz fuqarolardir. Ishsiz fuqarolardan 1 ming 761 nafari jamoat ishlariga jalb etilgan, 16 ming 559 ta oilaga nafaqa tayinlangan. 1 ming 763 nafar aholining uy-joyi ta’mirlab berilgan, 3 ming 599 nafar fuqaroga 25,1 milliard so‘mlik subsidiya ajratilgan.  

Xorijda qiyin ahvolda qolgan 418 ming 764 nafar fuqaro uyiga qaytarilgan

Shuning bilan birga, joylarda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 4 ming 684 nafar fuqaroga 40,3 milliard so‘m atrofida kredit ajratilgan. 6 ming 645 ta oilaga 11,8 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan, 2 ming 729 nafar fuqaroning shifoxonalarda davolanishi uchun ko‘mak berilgan.  

Xorijda yurgan fuqarolarga yordam berish maqsadida Toshkent shahri, Samarqand, Navoiy viloyatidan tashqari barcha hududlarda 974 ming 269 nafar migratsiyada yurgan fuqaro xatlovdan o‘tkazilgan. “Migratsiya balansi” shakllantirilgan hamda “Raqamli mahalla” platformasiga kiritilgan. Migratsiyada qiyin ahvolda qolgan 418 ming 764 nafar fuqaro yurtimizga qaytarilgan va ulardan 210 ming 170 nafari ishga joylashtirilgan.