$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi a’lo baholandi

dxm

Bugungi kunda tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida o‘rnatilgan “QMATIC” qurilmalari orqali fuqarolar davlat xizmatlari ko‘rsatilishini baholashlari mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lumot berdi. 

Eng ko‘p a’lo baholangan hududlar

Baholash natijalariga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan hududlar e’lon qilindi. Farg‘ona viloyati 97%, Toshkent viloyati 96 %, Samarqand viloyati 95%, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 94 %, Surxondaryo viloyati 94 % bilan yuqori o‘rinlardan joy olgan.

Ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlaridan esa Nurafshon shahri davlat xizmatlari markazi (99 %), Farg‘ona shahri davlat xizmatlari markazi (99 %) va Samarqand shahri davlat xizmatlari markazi (99 %) joy olgan.

Nisbatan kam baholangan hududlar

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan hududlar:

  1. Andijon viloyati – 55 %;
  2. Jizzax viloyati – 60 %;
  3. Qashqadaryo viloyati – 69 %.

Ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:

  1. Marhamat tumani davlat xizmatlari markazi;
  2. Jizzax shahri davlat xizmatlari markazi;
  3. Qarshi shahri davlat xizmatlari markazi.
Теги :
Jamiyat