$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Aholiga 47,1 ming litr sifatsiz neft mahsulotini pullamoqchi boʻlgan AYoQSh va korxonalar fosh qilindi

Benzin

Joriy yil noyabr oyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, “Energetika xavfsizligi oyi” deb e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda keng miqyosdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Natijada, 1 614 ta iste’molchi tomonidan energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Qoidabuzarliklar va ma’muriy ishlar

Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr oyida 24,1 mln. metr kub tabiiy gaz (70,1 mlrd. so‘m) va 38,6 mln. kilovatt-soat elektr energiyasidan (90,4 mlrd. so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 160,6 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan. Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 876 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 547 tasi elektr energiyasi, 329 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Yoqilg‘i energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha 4 583 ta iste’molchilarga profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

Elektr energiyasidan behuda foydalanish holatlari

Iste’molchilarni elektr energiyasidan behuda, ya’ni kunning yorug‘ davrlarida yoritish chiroqlaridan foydanish kabi 5 960 ta holati aniqlandi. Shundan 1 024 ta holatda ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan iste’molchining mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 ta korxonaga nisbatan moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.

Kontaktlar va boltli birikmalarda paydo bo‘layotgan qizishlar

Hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari amalga oshirildi. Unga ko‘ra 3 053 ta podstansiya va transformator punktidagi elektr qurilmalarning 2 192 tasida me’yoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi. Mazkur aniqlangan holatlarning 1 301 tasi bartaraf etildi.

Nazorat tadbirlari

Energetika xavfsizligi oyi davomida 466 ta energiya iste’moli yuqori bo‘lgan tashkilot va korxonalarda tashkiliy texnik tadbirlarni tashkil etildi hamda 248 ta iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berish holatlari o‘rganildi.

Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida AYoQSh va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 12 ta holatda 47,1 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Inspeksiya tomonidan iste’molchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy quvvati 245 MVt bo‘lgan jami 757 ta obyektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 497 ta iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.

Shuningdek, energetika obyektlariga tegishli 129 ta obyektning elektr ta’minoti loyihalari kelishilib, shundan 35 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi. Energoauditorlar tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan 31 ta dastur ko‘rib chiqilib, shundan 12 tasining kamchiliklari ko‘rsatilgan holda qaytarildi. Shuningdek, korxonalarda energoaudit tekshiruvi o‘tkazilishini jadallashtirish yuzasidan 48 ta korxonaga ko‘rsatmalar berildi.