$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Senat a’zolarining 27 foizini ayollar tashkil qilmoqda

ayol

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qilishicha, vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 7 foiz ga yetgan.

Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 7 foizga yetgan

Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy hayotida xotin-qizlarning ishtiroki tobora kengayib bormoqda.Ularning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga, tadbirkorlik sohasida 37 foizga, siyosiy partiyalar tarkibida esa 49 foizga yetdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi (57 nafar), Senat a’zolarining 27 foizi (16 nafar), mahalliy kengashlar deputatlarining 25 foizini ayollar tashkil etmoqda.

Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2018-yilda qariyb 3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan davrda ikki barobar oshib, 5,7 foizga yetdi.

Xususan, ayollarning ulushi tibbiyot tizimida 77 foizdan ko‘proqni, ta’lim sohasida salkam 74 foiz, savdoda 49 foiz, iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat va ishlab chiqarishda qariyb 46 foiz, madaniyat va sportda 45 foiz, qishloq xo‘jaligida 42 foizdan ziyodni, moliya va sug‘urta faoliyatida 37 foizdan ortiqni, axborot va aloqa xizmatida 35 foiz, professional, ilmiy va texnik faoliyatda qariyb 34 foizni, davlat boshqaruvi va mudofaa tizimida 27 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda. Joriy o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar ulushi 52,2 foizni tashkil etmoqda.

Mamlakat gender tengligi indeksida 52-o‘rinni  egalladi

 O‘zbekiston 2024-yilda gender tenglik va boshqaruv indeksi bo‘yicha 72,8 ball to‘pladi. 103-o‘rindan 51 ta pog‘onaga ko‘tarilib, 52-o‘rinni  egalladi.

Ushbu indeks 158 ta mamlakatni qamrab olib, gender tenglikka erishish yo‘lida muvaffaqiyat va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.

“Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi takomillashtirildi

O‘zbekistonning ushbu yutuqlariga asos bo‘lgan muhim islohotlar quyidagilar:

Joriy yilning 10 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati hamda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 833-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy-himoyaga muhtoj xotin-qizning “Ayollar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilish tartibi o‘zgartirilib, endilikda “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori orqali ko‘rib chiqish” tartibi joriy qilindi;

Nizomdagi asosiy tushunchalar qismiga “Mahalla yettiligi” jumlasiga ta’rif berilmoqda unga ko‘ra “Mahalla yettiligi”— mahalla fuqarolari yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat jamoa” hisoblanishi belgilanmoqda;

Bundan tashqari, ilgari “Ayollar daftari”ga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi bo‘yicha oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari shaxsan javobgar ekanliklari belgilab o‘tlgan edi, biroq endi yangi tartib buyicha oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari hamda “Mahalla yettiligi a’zolari”ni ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi bo‘yicha javobgarligi belgilanmoqda.

Ehtiyojmand oilalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy dastur – “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi doirasida amalga oshirilgan ishlar nihoyasiga yetdi.

Ma’lumki, “Ayollar daftari” tizimi — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.

“Ayollar daftari”idagi qariyb 1 million xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda boshqa hamkorlar bilan birgalikda joriy yilda “Ayollar daftari”ning 5 bosqichida Respublika bo‘yicha 1 mln 265 nafar xotin-qizlar daftarga kiritilib, 995 ming 239 nafariga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

1 - toifa bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 548 ming 857 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

2 - toifa bo‘yicha 35 ming 968 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun kreditlar ajratildi.

3 - toifa bo‘yicha boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 160 ming 893 nafar xotin-qizlarga tegishli moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

4 - toifa bo‘yicha ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan 181ming 724 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordamlar ajratildi.

5 - toifa bo‘yicha uy-joyga muhtoj bo‘lgan 5 ming 891 nafar xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rildi.

Ularning 5 ming 459 nafariga turar-joy uchun ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi va 432 nafari arzon uy-joylar bilan ta’minlashga, 2 ming 794 nafarining uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashildi. 

6 - toifa bo‘yicha qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud 61 ming 906 nafar xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi, ularning 1 ming 470 nafariga tomorqasidan samarali foydalanishiga ko‘maklashildi.

180 mingdan ortiq ayollarga huquqiy ko‘mak berilgan

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan:

- 210 ming 575 nafar xotin-qizlar va ularning 48 ming 595 nafar voyaga yetmagan farzandlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

- 180 ming 224 nafar xotin-qizlarga huquqiy yordamlar ko‘rsatildi, jumladan tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik pasporti olish uchun ko‘maklashildi, aliment to‘lovlari undirib berildi.

- 176 ming 915 nafariga malakali psixologik maslahatlar ko‘rsatildi.

- 2 ming 682 nafariga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun jami 725 gektar yer maydoni ajratildi.

- 9 ming 374 nafariga yer maydonlarini sug‘orish, issiqxonalar qurish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish kabilar uchun subsidiyalar berildi.

- 388 nafar oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan xotin-qizlar va “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning 150 nafar farzandlariga kontrakt to‘lovining muayyan qismi to‘lab berildi.

- 60 ming nafarga yaqin “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar uchun madaniy tadbirlar, jumladan, 5 ming 321 nafari uchun mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi.