$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yurtimizdagi tadbirkorlarning 40 foizini xotin-qizlar tashkil qilmoqda

biznes lady

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar soni ikki baravarga ko‘paydi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Tadbirkorlarning 40 foizi ayollar

Bugungi kunda mamlakatimiz tadbirkorlarining 40 foizini ayollar tashkil etadi. O‘z biznesini yuritayotgan ayollar soni 205 mingdan oshdi. Iqtisodiyot va sanoatda xotin-qizlarning ulushi 46 foizni tashkil etmoqda. 

Ayollar rahbarlik qilayotgan yuridik shaxslar 95 mingdan ortiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa 111 mingga yetgan. 4 ming 550 dan ortiq fermer xo‘jaliklariga xotin-qizlar rahbarlik qilmoqda.Tadbirkorlikning elektro energetika va og‘ir sanoat kabi yo‘nalishlarida ayollar soni ortib bormoqda.

Ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinadi?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinishi haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, 2023-yilda quyidagi 5 ta soha ayollarni ishga taklif qilishda eng katta ulushga ega bo‘lgan:

  1. tibbiyot, farmatsevtika, dorixonalar (76 foiz);
  2. ta’lim muassasalari (69 foiz);
  3. buxgalteriya hisobi (har biri 65 foiz);
  4. xodimlarni boshqarish (62 foiz);
  5. san’at, madaniyat (58 foiz).

Eng kam taklif tog‘-kon sanoati, og‘ir mashinasozlik va avtomobilsozlik sohasida qayd etilgan — mos ravishda 21 foiz, 19 foiz va 17 foiz. Ayollar odatda ko‘proq qiziqadigan sohalar va kasblar ham ko‘rsatilgan. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, ayollarning eng ko‘p rezyumelari ma’muriy lavozimlarda (umumiy sonning 9,5 foiz), ta’limda (8,4 foiz) va buxgalteriya hisobida (8 foiz) qayd etilgan.

Теги :
Iqtisodiyot