$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Texnologik taraqqiyot yoxud ekologiya zavoli: iPhone ishlab chiqarish tabiatga katta zarar bermoqda

ayfon

So‘nggi paytlarda texnologiyada bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar shular jumlasidan. Biroq ilm-fanda qanchalik ko‘p ilgarilasak, ekologiya va atrof-muhitga shunchalar qarov va parvarish kamayib bormoqda. Yaqinda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, iPhone ishlab chiqarish tabiatga katta zarar bermoqda.

Smartfon ishlab chiqarishdagi chiqindi aviatsiya sanoati chiqindilaridan 100 mln. tonnaga ko‘p

Ma’lum qilinishicha, har yili smartfonlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish jarayonlari 580 million tonna SO₂ chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Ushbu raqam butun dunyo aviatsiya sanoati chiqindilaridan 100 million tonnaga ko‘p.

Masalan, bir dona iPhone ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 70 kg tabiiy resurs sarflanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga katta miqdorda uglerod gazlari chiqariladi. Uglerod gazi hajmi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 6 oy davomida avtomobilda yurilgan masofaga teng ekan.

Texnologiya ishlab chiqarishning iqlimga yomon ta’siri

Shuningdek, global isish bilan bog‘liq muammolar yildan yilga keskinlashib boryapti. Rossiya va dunyoning boshqa hududlarida muzliklar tezroq eriyapti, anomal havo haroratlari ko‘payyapti. Bunday o‘zgarishlar global iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlaridan dalolat beradi.

Smartfonlar ishlab chiqarishda katta miqdordagi tabiiy resurslar sarflanadi va ko‘p miqdorda chiqindilar hosil bo‘ladi. Bu ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatib, global ekologik muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Texnologik taraqqiyot bu jarayonlarning asosiy qo‘zg‘atuvchi omillaridan biri hisoblanadi.