$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Toshkent – Andijon” pulli yo‘li ishga tushiriladi

Pulli yo

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiyalar forumida Transport vaziri o‘rinbosari “Toshkent – Andijon” pulli yo‘lini yaratish ishlari yakuniga yetib qolganini ma’lum qildi.

4,65 millardlik loyiha

“Iyun oyi oxirigacha biz texnik-iqtisodiy ishlarni tugatamiz. Yangi pulli yo‘l Toshkent va boshqa hududlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 km bo‘lib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi”, — dedi Jasurbek Choriev.

Transafg‘on temiryo‘li

Bundan tashqari, forumda uzoq yillardan beri asosiy maqsadlardan biriga aylangan Transafg‘on temiryo‘li haqida ham ma’lumot berildi.

“Loyiha uchta davlatni bir-biriga bog‘lashga yordam beradi — O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston. Temiryo‘l Yevrosiyo transport yo‘lagini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Natijada, Markaziy Osiyo mamlakatlari Hind okeani portiga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Temiryo‘l tovarlar yetkazib berish muddatini 35 kundan 5 kungacha qisqartiradi. Tovarlarni yetkazib berish narxi esa kamida 40 foizga pasayadi. Loyiha 2027-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Yana bir muhim loyiha bu, albatta, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishidir. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo rivojlanishida katta rol o‘ynovchi temiryo‘l bo‘ladi. Loyihaning asosiy kelishuvlari allaqachon hal qilingan bo‘lib, uning qiymati taxminan 5,1 milliard dollarni tashkil qilsa, uzunligi hozirgacha 454 km bo‘lishi kutilmoqda”, — deydi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari.

Urganch aeroporti DXSh orqali rekonstruksiya qilinadi

Jasurbek Choriyev Samarqand aeroportidagi muvaffaqiyatli loyihadan keyin, Urganch aeroportini ham Davlat-xususiy sherikchilik loyihasiga aylantirish kutilayotganini aytib o‘tdi. Sessiya davomida Bahrom Rizayev tomonidan “Yangi Toshkent” loyihasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar e’lon qilindi. 1 million nafardan oshiq aholi uchun mo‘ljallangan shaharda 2024–2025-yillarda bir qancha vazirliklar, universitetlar, madaniyat joylari va ijtimoiy obyektlar qurish ishlari boshlanadi.