$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘tgan yilning 11 oyida O‘zbekistonga qancha avtomobil import qilingan?

avtomobil

O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 1 184,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 68 684 dona yengil avtomobil (elektromobillarni qo‘shgan holda) import qilingan.

Avtomobil importida kunchiqar mamlakatlar peshqadam

O‘zbekiston bozoriga 2024-yilning 11 oyida eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar:

Xitoy — 55 703 dona

Koreya —11 266 dona

AQSh — 633 dona

Hindiston — 577 dona

Yaponiya — 152 dona

Boshqa davlatlar — 353 dona

2023-yilgi ko‘rsatkich qanaqa edi?

Shuning bilan birga, O‘zbekiston, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlardan qiymati 134,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5026 ta yengil avtomobil import qilgan edi. 

2023-yilning yanvar-fevral oylarida eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar: 

Xitoy — 2540 dona

Koreya Respublikasi — 2081dona

AQSh — 217 dona 

Yaponiya — 58 dona

Gonkong — 56 dona

Germaniya — 36 dona 

BAAdan — 12 dona avtomobil olib kelingan.

Yengil avtomobillar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 925 taga kamaygan.

Xususan, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatga rasman qiymati 124,5 mln dollarlik 5948 dona (2021-yilning ikki oyida 1075 ta) avtomobil olib kirilgan. 

Mashinalar asosan:

Xitoydan — 3436 dona 

Koreya Respublikasidan — 1512 dona

AQSh — 19 dona

Yaponiya — 15 dona

Germaniya — 9 dona

Gonkongdan — 5 dona avtomobil keltirilgan.