$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi avtobuslardan birida ikki yigit ayollar va erkaklar joylashuvi haqida poster qoldirishdi

avtobus

Kuni kecha tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslardan birida ayollar va erkaklar joylashuvi haqida qoldirilgan poster keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat zudlik bilan “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan o‘rganilib, rasmiy ma’lumot berildi.

Jamoat joylarida aholini boshqarmoqchi bo‘lgan “mas’ullar”

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 5-noyabr kuni, Telegram ijtimoiy tarmog'ida, avtobus salon qismining oynasiga ayollar va erkaklar joylashuvi ko‘rsatilgan poster Toshshahartransxizmat AJ tarkibidagi 7-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi, 34-sonli yo‘nalishga biriktirilgan saroy raqami 765-bo‘lgan avtobus haydovchisi tomonidan joylanganligi ta’kidlanib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu holatni muhokama qilishdi.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida, Jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, avtobus salonida joylashtirilgan kuzatuv kamerasidagi tasvirlar tekshirib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar noma’lum fuqaro avtobusga chiqib, salonning ichki qismida ayollar va erkaklar joyi ajratilganligini targ’ib qiluvchi posterni yopishtirib, uni shaxsiy mobil telefoniga suratga olganligi va avtobusdan tushib ketganligi aniqlandi.

Aholini ogohlantirish tadbirlari o‘tkazilmoqda

Ushbu ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish va qilgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda ularga qonuniy jazo choralarini qo‘llash uchun Toshshahartransxizmat AJ tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo‘llandi.

Shuning bilanbirga, yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish maqsadida, barcha avtobus haydovchilari va chiptachilari oʻrtasida navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazilayotganligini, shuningdek, avtobus salonida turli xildagi axborot materiallari tarqatilishini oldini olish, jamoat transportida e'lon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.