$
 12917.10
-48.24
 14460.69
-64.38
 160.14
-1.2
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Chevrolet avtomobillarining O‘zbekiston va Rossiya bozoridagi narxlari orasida farq qanday?

Onix

Rossiya ommaviy axborot vositalari mamlakatga norasmiy import orqali, jumladan, O‘zbekistondan kirib keluvchi Chevrolet avtomobillarining narxini e’lon qildi. O‘zbekistonda Onix va Cobalt modellarining qiymati Rossiyadagi narxlardan ancha arzon. Biroq Captiva va Equinox Rossiyadan farqli O‘zbekistonda sezilarli darajada qimmat.

Rossiya avtobozoridagi narx-navo

Ma’lumotga ko‘ra, Rossiyaga norasmiy import orqali kirib kelgan mashinalarning narxi quyidagicha:

  • Onix — 18—19 ming dollar (yetkazib berish — O‘zbekiston, Kolumbiya, Braziliya)
  • Cobalt — 17 ming dollardan (yetkazib berish — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston)
  • Captiva — 19-20 ming dollar (yetkazib berish — Xitoy)
  • Equinox - 24 ming dollar (yetkazib berish - Xitoy, AQSh)

O‘zbekistondagi vaziyat

Qiziqarlisi, O‘zbekistonda Onix va Cobalt modellarining qiymati Rossiyadagi narxlardan ancha arzon. Biroq Captiva va Equinox Rossiyadan farqli O‘zbekistonda sezilarli darajada qimmatroq. Ushbu rusumdagi mashinalarning ayni dam O‘zbekistondagi narxi bozorda quyidagicha baholanmoqda:

  • Onix — 13 ming dollardan;
  • Cobalt — 12 ming dollardan;
  • Captiva — 23 ming dollardan;
  • Equinox — 30 ming dollardan sotilmoqda.

Qozog‘iston bozorida vaziyat qanday?

Avvalroq 2024 yilning 7 oyida Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida 10 350 dona avtomobil sotilgani, bu natija o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,5 barobarga kam ekanligi aniqlangan. E’tiborlisi, Chevrolet Onix qo‘shni respublikada xaridorgir avtomobillardan biriga aylangan. Bunga ushbu modelning Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilayotgani sabab bo‘lishi mumkin. 2024 yilning yanvar-iyul oylaridagi umumiy ko‘rsatkich esa 10 350 donani tashkil etgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning dastlabki 7 oyi davomida qo‘shni respublikada 25 432 dona Chevrolet avtomobili sotilgan.

Теги :
Jamiyat
Avto