$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Oktyabr oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida narx-navo qanday bo‘ldi?

avtomobil bozori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning oktyabr oyida avtomobil narxlari tahlil qilindi. 2024-yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida Lacetti, Damas, "Labo narxlari pasayishda davom etdi. Spark o‘rtacha narxlari biroz ko‘tarilgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida deyarli o‘zgarish kuzatilmadi.  

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

Joriy yilning oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko‘p foydalanilgan Lacetti, Damas, Labo avtomobillar o‘rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5%, 6,3% va 2,0%ga pasaygan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilganlari mos ravishda 0,3%, 0,6% va 3,5%ga arzonladi. Ko‘p foydalanilgan Spark avtomobilining o‘rtacha narxi 2,2%ga, o‘rtacha foydalanilgani 2,9 %ga oshgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:

“Lacetti”: kam foydalanilgan - $15 236 ($15 452), ko‘p foydalanilgan - $13 300 ($13 500);

“Damas”: kam foydalanilgan - $8 250 ($8 300), ko‘p foydalanilgan - $7 500 ($8 000);

“Spark”: o‘rtacha foydalanilgan - $10 500 (sentyabr oyida – $10 200), ko‘p foydalanilgan - $9 200 ($9 000).

Qaysi mashinalarning ishlab chiqarilgan yili narx belgilashda katta ta’sir qilmaydi?

Joriy yilning oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan Equinox narxlari sezilarli o‘zgargan bo‘lsa, Malibu va Tracker narxlari deyarli o‘zgarmadi. “Malibu” va “Tracker”ning narxiga ularning bosib o‘tgan masofasi yuqori darajada ta’sir etib, ishlab chiqarilgan yili katta ta’sir etmasligi aniqlandi.

Jumladan, mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan “Equinox”ning o‘rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5% va 6,3%ga arzonlagan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgani 1,9%ga oshdi.

“Equinox” uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha:

kam foydalanilgan - $33 000 ($33 500), o‘rtacha foydalanilgan - $30 000 ($32 000); ko‘p foydalanilgani- $27 000 ($26 500).

Elektromobil bozoridagi vaziyat qanday?

Joriy yilning oktyabr oyida elektromobillar narxlari sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan, BYD Hanavtomobilining ko‘p foydalanilgani o‘rtacha narxi 10,2% ga, o‘rtacha foydalanilgani 2,6% ga hamda yangisi 2,2% ga pasaydi. BYD Song Plus EV Chempionning o‘rtacha foydalanilgani 7,5%ga, yangisi 1,2%ga arzonlashdi.

Elektomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha:

BYD “Han”: ko‘p foydalanilgan - $31 450 ($35 000), o‘rtacha foydalanilgan - $37 000 ($38 000);

BYD “Song Plus EV Champion”: o‘rtacha foydalanilgan - $27 500 ($29 750); yangi- $29 000 ($29 350)

Taqdim etilgan ma’lumotlar qanchalik ishonchli?

Avtomobil narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, sentyabr oyi uchun 8,4 mingta, oktyabr oyi uchun 16,0 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi. Shuningdek, avtomobil narxlariga ta’sir etuvchi omillar Random Forestmodeli yordamida aniqlandi.