$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonda o‘tgan yilgidan qariyb 4 barobar ko‘p benzin zaxirasi mavjud  — “O‘zbekneftgaz” AJ xodimi

avtobenzin

Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda 60 ming tonnadan ziyod avtobenzin zaxirasi mavjud. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekneftgaz” AJ xodimi Gulhayo Ergasheva ma’lum qildi.

O‘tgan yilning dekabr oyida avtobenzinga talab kuchaygan

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil dekabr oyida respublika hududiga sovuq ob-havo oqimi kirib kelishi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritildi. Natijada aholining avtobenzinga bo‘lgan talabi boshqa kunlarga nisbatan keskin ortdi.

2024-yil noyabr oyida kunlik 1800-2000 tonna benzin savdoga chiqarilgan bo‘lsa, 10-dekabrda bu ko‘rsatkich 2 barobarga ortib 3600-4000 tonna mahsulot savdoga chiqarildi. 11-18 dekabr kunlari esa, kunlik hajm 4 barobarga oshirilib, 8000 tonna avtobenzin savdolarga qo‘yildi. 

2024-yilda 130 ming tonnadan oshiq avtobenzinlar birjada sotish uchun joylashtirilgan

2024-yil dekabr oyida jami 130,4 ming tonna avtobenzin shundan 94,7 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzin birja savdolarida sotish uchun joylashtirildi. Taqqoslash uchun, 2023-yilning mos davrida jami 62 ming tonna avtobenzin shundan 59,8 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzin birja savdolariga joylashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: Joriy kun holatiga “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda 60 ming tonnadan ziyod avtobenzin zaxirasi mavjud. Taqqoslash uchun, bu o‘tgan yilning mos davrida nisbatan qariyb 4 barobarga ko‘p degani.

Qayd etish joizki, 2024-yil davomida dizel yonilg‘isi bo‘yicha uzulishlar bo‘lmadi.

Respublika aholisining avtobenzin va dizelga bo‘lgan talabini qondirish masalasi O‘zbekneftgaz hamda tarmoq korxona rahbarlarining kundalik shaxsiy nazorati ostiga olingan bo‘lib, buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.