$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Z avlod vakillari uydagi oddiy maishiy ishlarni bajarishdan bosh tortishmoqda

gen z

Buyuk Britaniyalik Z avlodi vakillari uydagi oddiy maishiy ishlarni bajarishdan bosh tortmoqda. Ular moshinasini yuvish yoki xonadonidagi lampochkalarni almashtirish uchun mutaxassislarga pul to‘lashga majbur bo‘lishyapti.

Britaniyaliklar uydagi oddiy yumushlarni bajarish uchun mutaxassislarga bir yilda 1300 funt pul to‘lamoqda

Halfords kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan britaniyaliklarning aksariyati uy yoki avtomobil bilan bog‘liq oddiy yumushlarni qildirish uchun mutaxassislarga pul to‘lashga tayyor.

O‘tkazilgan tadqiqotda 2000 nafar ishtirokchi orasida har beshinchisi mix chiqaruvchi kalit nimaligini bilmaydi, ularning chorak qismi esa shift yoritgichidagi lampochkani mustaqil almashtira olmaydi.

Z avlodning ta’kidlashicha, narvonga chiqish juda xavfli, lampochka esa qo‘lni kuydirishi mumkin ekan.

Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan britaniyaliklar uydagi oddiy yumushlarni bajarish uchun mutaxassislarga bir yilda 1300 funt pul to‘laydi. 44 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan X avlodi vakillari orasida bu ko‘rsatkich kamroq — yiliga 386 funt. 60 yoshdan 78 yoshgacha bo‘lganlar bunday xizmatlarga har yili 253 funt sterlingdan kamroq to‘larkan.

Texnologiya rivoji insonlarni bilimsiz va yalqov qilib qo‘ymoqdami?

“Natijalar yosh avlodda oddiy amaliy vazifalarni bajarish qobiliyati pasayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Avtomobilsozlik sohasidagi bilimlar yo‘qolib ketish arafasida, ko‘pchilik hatto old oynadagi tozalagichlarni almashtirish kabi oddiy ishlarni bajarishdan bosh tortmoqda”, - deydi tadqiqot mualliflari.