$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Z avlod vakillari ishxonada Milleniallar bilan muloqotga kirishishda qiynalmoqda

zumer

Z avlod vakillari ishxonada Millenium avlodi bilan muloqotga kirishishda qiynalmoqda. Linkedin so‘rovi ma’lumotlariga ko‘ra, har beshinchi zumer so‘nggi yil davomida 50 yoshdan katta hamkasblari bilan biror marta gaplashmagan. 

Z avlod katta yoshdagi hamkasblar oldida xato qilishdan qo‘rqadi

Ma’lum qilinishicha, ular nokompetent ko‘rinishdan va muloqot jarayonida xato qilib qo‘yishdan hayiqishadi. Z avlod o‘zlaridan katta avlodni ko‘proq hayotiy va ish tajribasiga ega deb hisoblagani uchun, ularning oldida kulgu bo‘lishdan qo‘rqadi. 

Yana bir sabab texnologiyalar bilan bog‘liq. Smartfon avlodi onlayn muloqot qilishni afzal biladi va odamlar, ayniqsa, katta yoshdagilar bilan yuzma-yuz gaplashish ular uchun g‘ayrioddiy va qiyin tuyuladi. Shuning uchun kommunikatsiyada ular ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va juda bo‘lmaganda pochtadan foydalanishni ma’qul ko‘radi. 

Yangi avlod onlayn muloqotni afzal ko‘radi

Ushbu sabablarning barchasi Z avlodda ijtimoiy xavotirni yuzaga keltiradi — undan yosh xodimlarning 60% aziyat chekadi. Qolaversa, o‘zidan kattaroq va obro‘liroq hamkasblar oldida nafas olishi tezlashadigan zumerlar hatto milleniallarga qaraganda uyalchangroq ekan. Bunga sabab yana o‘sha smartfonlar va onlayn muloqot, qolaversa, pandemiya vaqtidagi ikki yillik onlayn hayot.

Ishga qabul qiluvchilar va rahbarlar Z avlodning bu o‘ziga xosligini inobatga olishi kerak. Yuqoridagi omillar ularning ishdagi kayfiyati va muloqot darajasiga albatta ta’sir qiladi.