Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +10°

“AirAsia X Berhad”, “Red Sea” va “T’way Air” aviakompaniyalariga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berildi

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 3 ta xorijiy davlat aviakompaniyalariga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi yangi rezident aviakompaniyalar

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 3 ta xorijiy davlat aviakompaniyalariga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

Yangi yo‘nalishlar

Ma’lumotga ko‘ra, agentlik Malayziyaning “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga Airbus A330 samolyotida “Kuala-Lumpur – Toshkent – ​​Kuala-Lumpur” yo‘nalishida parvoz qilish uchun, shuningdek, Misrning “Red Sea Airlines” aviakompaniyasi Boeing 737 laynerlarida “Sharm ash-Shayx – Toshkent – ​​Sharm ash-Shayx” yo‘nalishida parvoz qilish uchun hamda Janubiy Koreyaning “T’way Air” aviakompaniyasiga “Seul – Toshkent – ​​Seul” yo‘nalishi bo‘yicha Airbus A330 samolyotlari yordamida parvozlarni amalga oshirishga ruxsat bergan.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Qirolligi o‘rtasida havo qatnovi kelishuvi

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan, 2024-yil 14-noyabrda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Flyadeal” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga “Jidda-Toshkent-Jidda, Madina-Toshkent-Madina va Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berilgandi. Parvozlar A320 havo kemasida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Airways Yevropa hududiga parvozlarni Rossiya va Belarus hududini aylanib o‘tgan holda amalga oshirmoqda. Uzbekistan Airways reyslari 2025-yil 20-yanvardan boshlab Ozarboyjon va Turkiya hududlari orqali amalga oshirilmoqda.