$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda 6 ming gektar yer auksionga qo'yiladi

Yer

Joriy yilda 6 ming gektar yer auksionga qo'yiladi. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va xususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Yer uchastkalarini auksion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda

Hujjat bilan yer uchastkalarini auksion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalari ijara huquqi asosida savdoga chiqariladi. Boshqa barcha holatlarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida taqdim etiladi.

6 ming gektardagi yer taqsimoti

2024-yilda respublika bo‘yicha jami 6 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 gektar – Toshkent shahrida. Shuningdek, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llar bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini joylashtirish uchun 400 ta obekt savdoga chiqariladi, shundan 16 tasi – Toshkent viloyatida, 10 tasi – Toshkent shahrida.

Auksionga chiqariladigan obyekt turlari qanday?

Shuningdek, hududlarda 1,3 mingdan ziyod obekt auksionga chiqariladi va ular:

- xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obyektlari;

- joylashtirish vositalari;

- turar joylar;

- savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil etishga mo‘ljallangan.

 845 aholi yashash punktida 2027-yilgacha shaharsozlik hujjatlarini (bosh rejasi) ishlab chiqish bo‘yicha reja tasdiqlanmoqda. Toshkent shahrining bosh rejasini 2024-yilning yakuniga qadar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.