$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Davlat organlaridagi ichki audit xizmati xodimlarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

audit

Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom mamlakat hududidagi barcha hokimliklar xodimlari uchun amal qiladi

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF–100-sonli “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 198-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligidan 2024-yil 12-dekabrda 3583-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ushbu Nizom ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash, ularni rag‘batlantirish va reytingini yuritish tartibini belgilaydi.

Baholash natijalari mas’ul tarkibiy tuzilma Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi

Nizomda:

Ichki audit xizmati xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash;

Ko‘rsatkichlar asosida xodimlar faoliyati samaradorligini baholash, bunda, xodimning budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish va masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalariga ustuvorlik berish;

Ichki audit xizmati rahbari tomonidan baholash natijalarini davlat organi va tashkilotidagi mas’ul tarkibiy tuzilma hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borish;

Baholash natijalaridan kelib chiqib, “yaxshi” va “a’lo” deb baholangan ichki audit xizmati rahbari va xodimlarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rasmiy veb-saytida ichki audit xizmati rahbari va xodimlari faoliyati samaradorligining reytingini yuritish va jamoatchilikka e’lon qilib borish nazarda tutilgan.

Batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.