$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Transport karta sotish shoxobchalari faoliyati toʻxtatiladi

ATTO

“Toshshahartransxizmat” ma’lumotlariga koʻra, Toshkent shahridagi barcha transport karta sotish shoxobchalari faoliyati 15-may kunidan boshlab to‘xtatiladi.

Endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari Uzpost aloqa bo‘limlarida (markaziy pochta bo‘limlarida) amalga oshiriladi.

Jamoat transporti orqali amalga oshirilgan toʻlovlar statistikasi 

Transport kartalari jamoat transportida yoʻl haqini tez va qulay toʻlash imkonini beradi. Bundan tashqari, hozirda yurtimiz boʻylab yoʻlovchilar transport va vizual kartalarda almashish tariflaridan foydalanib o'z mablag'larini bir necha barobar tejashmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berishicha 2024-yil aprel oyiga qadar jamoat transporti orqali jami 32.3 milliondan ortiq oʻtkazmalar amalga oshirilgan. Transport kartalari orqali jami 13,8 million tranzaksiya (shundan 5,7 millioni tarif kartalari orqali) amalga oshirilgan. Bank kartalari orqali to‘lovlar 76,2 foizga o‘sdi va 11,4 million tranzaksiyani tashkil etdi. QR chiptalaridan metroda 6,3 million martadan ortiq foydalanilgan. Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 371 ming, metroda mobil QR yordamida jami 222 ming tranzaksiya amalga oshirilgan. Yo‘lovchilarning virtual kartalar yordamida amalga oshirgan tranzaksiyalari soni jami 142 mingtani tashkil etdi.  

Statistika hududlar kesimida 

Respublika hududlari bo‘yicha avtobuslarda Samarqandda – 381 ming 705, Urganchda – 200 ming 526, Qarshida – 121 ming 703, Andijonda – 43 ming 494, Qo‘qonda – 13 ming 328, Zarafshonda – 1 ming 978, Yangiyo‘lda – 2 ming 206, Nukusda - 1 ming 335, Buxoroda – 341 va Namanganda – 126 tranzaksiyalar amalga oshirildi.