$
 11895.57
-45.38
 13826.22
11.73
 152.98
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°

Byudjet xodimlari uchun sovrinli kredit: 5 ta Onix o‘ynaladi

Arzon agrobank

Agrobank byudjet tashkilotlari xodimlari uchun yangi aksiyani e’lon qildi. 2025-yil 25-noyabrdan 2026-yil 25-fevraligacha “Arzon” mikrokrediti rasmiylashtirgan mijozlar orasida 5 ta Chevrolet Onix avtomobili o‘ynaladi.

Aksiya byudjet tizimida ishlovchi fuqarolarning moliyaviy yukini yengillashtirish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan. “Arzon” krediti boshqa banklardagi mavjud kredit yoki mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish imkonini beradi.

Kreditning asosiy shartlari

  • Kimlar olishi mumkin: doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan byudjet tashkiloti xodimlari
  • Maqsadi: boshqa bankdagi kredit/ mikroqarzlarni yopish
  • Miqdori: 100 mln so‘mgacha
  • Muddati va foizi:
  • 3 yil – 28%
  • 4 yil – 29%
  • Imtiyozli davr: mavjud emas
  • Qaytarish tartibi: asosiy qarz va foizlar har oyning 5-sanasida to‘lanadi
  • Rasmiylashtirish: bank filiallari orqali amalga oshiriladi

Kerak bo‘ladigan hujjatlar

  • Pasport yoki ID-karta
  • Zarur hollarda ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma
  • Boshqa bankdagi mavjud kredit bo‘yicha ma’lumot

Nima uchun bu kredit qulay?

“Arzon” mikrokrediti muddati va foiz stavkasi bo‘yicha bozordagi eng soddalashtirilgan va barqaror takliflardan biri hisoblanadi. Kredit oylik to‘lovlari oldindan aniq belgilangan bo‘lib, byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ayniqsa moslashtirilgan.

Shuningdek, aksiya ishtirokchilari qo‘shimcha pul sarflamasdan avtomobil yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. G‘oliblar tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi.

Batafsil ma’lumot

Kredit shartlari, hisob-kitob kalkulyatori va qo‘shimcha izohlar bilan Agrobankning rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin: https://agrobank.uz/uz/person/loans/arzon-mikroqarzi

Reklama huquqlari asosida