$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Arxiv sohasidan tushgan mablag‘larning 90 foizi arxiv xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi

arxiv

AOKAda “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berishicha, arxiv sohasida qonunchilikka bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Davlat arxivlari tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadi

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi hamda byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 847-son qarori qabul qilinib, ushbu qaror 2024-yil 24-dekabr sanasidan kuchga kirdi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarorida 3-ilovada:

11-band kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“Nodavlat arxivlari faoliyati Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi va tugatiladi”;

12, 13, 15 va 18-bandlar o‘z kuchini yo‘qotdi;

16-bandda ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlandi va uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblanishi belgilandi.

4-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:

Shuning bilan birga, “Davlat arxivlari tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasiga binoan belgilanadi.

Arxivdan tushgan mablag‘larning kamida 10 foizi moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi

Davlat arxivlarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‘lmasa yoxud ushbu qarzlar qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda to‘langan taqdirda tovarlarni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning hamda majburiy ajratmalarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin davlat arxivlarini rivojlantirish jamg‘armasining qolgan mablag‘lari (homiylik yordami, beg‘araz yordam miqdori bundan mustasno):

tushgan barcha mablag‘larning ko‘pi bilan 90 foizi davlat arxivlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga;

kamida 10 foizi moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.

Davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish “O‘zarxiv” agentligi tarkibiga kiruvchi davlat arxivlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibiga asosan amalga oshiriladi”.

Nodavlat arxiv faoliyatini boshlash yoki tugatish mumkinligi belgilanmoqda

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Pasportda “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabarnomani yuborib, nodavlat arxiv faoliyatini boshlash yoki tugatish mumkinligi belgilandi.

Xabarnomani yuborish uchun quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi:

a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

b) pochta hamda elektron pochta manzili;

v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda);

g) nodavlat arxivlar tashkil etiladigan manzil(lar).

Xabarnoma yuborish uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im belgilandi.