$
 12920.16
-13.0
 14681.18
-38.05
 158.61
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Vazirlik va idoralarda arxiv ishlariga oid qanday kamchiliklar kuzatilmoqda?

arxiv

“O‘zarxiv” agentligi va Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan 272 ta (99,6%) vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati amalga oshirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma’lum qildi.

249 ta tashkilotlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi

O‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlarining 47 tasi “O‘zarxiv” agentligi, 225 tasi Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirildi. Davlat nazorati tadbirlari natijasida 249 ta tashkilotlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar, shundan, 44 tasi Agentlik va 205 tasi Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan yuborildi.

Tekshirishda aniqlangan qonunbuzilishlari bo‘yicha 51 nafar mas’ul xodimlarga nisbatan, shundan, Agentlik 25 ta va Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan 26 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga yuborildi hamda arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta material yuborildi. 

Davlat arxivlari tomonidan 860 ta tashkilotlar va korxonalarda 554 ta yalpi va 306 ta mavzuli o‘rganishlar o‘tkazish orqali ularga arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Qanday kamchiliklar bor?

Vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘limlarida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida quyidagi kamchiliklar aniqlanmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini belgilangan muddatlarda davlat arxivlariga topshirmaslik, arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan o‘tkazmaslik, jumladan, arxiv ro‘yxatlarini tuzmaslik, hujjatlarni tartibga keltirmasdan saqlash va arxiv xonalariga bo‘lgan talablarga rioya etmaslik;
  • ish yuritish qoidalariga rioya etmaslik, jumladan, ish yuritish yo‘riqnomalari, yig‘majildlar nomenklaturalari ishlab chiqilmaganligi;
  • Arxiv ishi va ish yuritishga mas’ullarning bilim va malakalari yetishmasligi hamda tegishli malaka oshirish kurslarida o‘z malakalarini oshirmaslik holatlari.
Теги :
Jamiyat