$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Maqsad — sobiq muhojirlarni majburan urushga jo‘natish

armiya

Rossiyada 2023-yil dekabrdan boshlab kamida 12 kishi harbiy ro‘yxatga turmagani va “voyenkomat”ga bormagani uchun fuqarolikdan mahrum etildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Fuqarolikdan mahrum etilganlar Rossiyani tark etishi majburiy etib belgilangan

Ma’lum qilinishicha, fuqarolikdan mahrum etilgandan so‘ng, barcha erkaklarga Rossiyani tark etish majburiyati yuklangan. 12 ta holatdan 10 tasi so‘nggi ikki oy ichida sodir bo‘lgan. Yozda Davlat dumasi harbiy ro‘yxatga turmagan shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.

Ushbu yangi qonunning asosiy maqsadlaridan biri “yangi safarbarlikdan qochib, sobiq muhojirlarni majburan urushga jo‘natishdir”.

So‘nggi bir yil ichida Rossiyada 2 million chet el fuqarosi mamlakatni tark etgan

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin iyun oyida mamlakatda Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy ro‘yxatga turmagan 30 mingdan ortiq muhojir “qo‘lga olinganini” aytgandi. U 10 mingga yaqini allaqachon Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi urushga jo‘natilganini bildirgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi bir yil ichida Rossiyada istiqomat qilgan 2 million chet el fuqarosi mamlakatni tark etgan. 2024-yilda Rossiyaning o‘nlab hududlari migrantlarning ishlashiga cheklovlar joriy etgan.

Teraktdan keyin migratsiya siyosati kuchaytirilgan

Shuning bilan birga, Rossiya hukumati 22-mart kuni Crocus City Hall’da Tojikiston fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan teraktdan so‘ng migratsiya siyosatini qattiqlashtirishni boshladi.